Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar va nomoddiy aktivlar hisobining auditi


Download 426.71 Kb.
bet22/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

Asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar va nomoddiy aktivlar hisobining auditi.

Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish mijoz- subyekt faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy vositalar harakati bilan bog'liq ko'rsatkichlarning ishonchliligi to'g'risida fikr shakllantirish va subyektda asosiy vositalar bilan bog'liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlargamuvofiqligini aniqlashdan iborat. Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo'lib, undagi oʻrganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

  • asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o'rnatishni ta'minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to'g'riligi);

  • asosiy vositalarning to'g'ri turkumlanishi;

  • asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma'lumotlarining mosligi);

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish;

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish;

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;

  • -asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish;

  • amortizatsiya hisoblash usullarini qo'llashning qonuniyligi va to'g'riligi;

  • jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo'llashning qonuniyligi;

  • amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to'g'riligi;

  • amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to'g'riligi:

  • asosiy vositalarni ta'mirlash, tiklash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish, ta'mirlash usullari;

  • ta'mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to'g'riligi;

  • asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarni hisobga olish;

  • asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt buxgalteriyasidagi holatini baholash;

  • belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o'ziga qarashli, joriy tartibda ijaraga olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktirilganligini baholash.

Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog'liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me'yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog'liq.
Agar nomoddiy aktivlar pul o'tkazish yo'li bilan sotib olinsa yoki subyektning o'zida yaratilsa, 21-son BHMS¹ ga muvofiq, 0830 «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo'llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo'shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog'liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
21-sonli BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog'liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat'iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h.k) 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko'rilsa:
Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar»,
Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi>>.
Agar foyda olinsa:
- Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi>,
Kredit 9320 «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» buxgalteriya o'tkazmalari bilan aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to'g'riligini tekshirish. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me'yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo'shimcha qiymat solig'i (QQS) dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e'tibor berishi zarur. Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo'yicha QQS summasi quyidagi hollarda budjetga o'tkaziladi. sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol yetkazib beruvchilarga to'langanida;
- nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida;
nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida. Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko'rsatilgan bo'lmasa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko'rsatilmaydi.




  1. Download 426.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling