Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish
Download 426.71 Kb.
|
Asosiy qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material resurslar zaxira holati tahlili
- Korxona umumiy xarajatlari dinamikasi tahlili, ming so‘m
- 6-jadval
- Buxgalteriya balanslari tasnifi
3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sifatli po‘lat materialiga ehtiyoj rejasi yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar hamda ichki qoplash manbalari bilan to‘liq ta’minlanmagan. Reja bo‘yicha ta’minlanganlik koeffitsiyenti: Kt.r = (300 + 700) : 1100 = 0,909. Haqiqatda yetkazib berish rejasi 86,3 % ga bajarilgan. Kt.r = (650 + 300) : 1100 = 0,863. Tahlilda har bir nomlanishdagi materiallar ishlab chiqarish uchun sarflash kunlarida ifodalangan zaxiraning minimal me’yori bilan taqqoslanadi. Shu maqsadda quyidagi shaklli analitik jadval qo‘llaniladi (5.2-jadval). 4-jadval Material resurslar zaxira holati tahlili
Hisoblash: 96 – 35 = +61 kun; 61*50 = +3050 kg. Ushbu misolda hatto maksimal me’yor bilan taqqoslanganda ham U-10 po‘latda sezilarli qoldiq mavjud. Ayni vaqtda boshqa turdagi po‘lat 1233,6 kg kam. Ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxi tahlili xarajatlarni boshqarish tizimida ulkan ahamiyat kasb etadi. U ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarish tendensiyalarini va uning darajasi bo‘yicha reja bajarilishini aniqlash, uning o‘sishiga omillar ta’sirini belgilash, zaxiralarni aniqlash va mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha korxona faoliyatini baholashga imkon beradi. Mahsulot tannarxi tahlili, odatda, korxonaning umumiy xarajatlari dinamikasini o‘rganishdan boshlanadi. 5-jadval Korxona umumiy xarajatlari dinamikasi tahlili, ming so‘m
5-jadval ma’lumotlari nafaqat ishlab chiqarish tannarxi – korxona xarajatlarining asosiy qismi, davr xarajatlari o‘zgarishini aniqlashga imkon beradi, balki o‘ziga xos bozor munosabatlarida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur korxona ishtirok darajasini ham aniqlaydi. Ko‘rinib turibdiki, korxonada hisobot yili uchun deyarli barcha turdagi xarajatlar o‘tgan davrga nisbatan o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bunda korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar 7,07 marta o‘sgan, bu esa moliyaviy faoliyat faollashganligidan darak beradi. Davr xarajatlari – korxona xarajatlari hisobi tizimida yangi ko‘r- satkich. Unga boshqaruv xarajatlari, sotish xarajatlari, umumxo‘jalik yo‘nalishidagi boshqa xarajatlar, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba- sinov ishlanmalari uchun xarajatlar kabi ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha korxona faoliyatiga bog‘lanmagan, lekin mahsulot (ish, xizmat) sotish bo‘yicha asosiy faoliyat bilan bog‘liq. Ular boshqacha tarzda operatsion xarajatlar deb yuritiladi. Ular mahsulot sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, aksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan ko‘proq darajada bog‘langan. 6-jadvalDavr xarajatlari tarkibi tahlili
Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun davr xarajatlari umuman 42,1 mln so‘mga yoki 4,3% ga oshgan. Davr xarajatlari tarkibida strukturaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ma’muriy xarajatlarning ulushi keskin oshgan bo‘lsa, sotish xarajatlari sezilarsiz oshgan. Boshqa operatsion xarajatlarning ulushida pasayish kuzatilgan. Balans ko‘rsatkichlari va moliyaviy xolat tahlili. Buxgalteriya balansi – bu muayyan sana uchun korxona mulki va uni moliyalashtirish manbalarini pul ko‘rinishida aks ettirish usulidir. Buxgalteriya hisobida «balans» so‘zi bir nechta ma’noga ega: a) schyotlar bo‘yicha yozuvlar olib borishda va xo‘jalik subyektlari mablag‘larini turli kesimda guruhlashda natijalar tengligi; b) asosiy hisobot shakli yakuniy; v) asosiy hisobot shakli nomi. Asosiy hisobot shakli sifatida balans ma’nosi mutlaqo katta, chunki bu hujjat korxonalarning mulkiy va moliyaviy holati haqida yetarlicha aniq va yanglish bo‘lmagan tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Hisobot sanasi uchun korxona tasarruf etayotgan mulk va qarz huquqlari qiymati balans aktivida aks ettiriladi. Aktivlar iqtisodiy resurslar yoki kelgusi xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha korxonaning potensiali haqida muayyan tasavvur beradi. 7-jadval Buxgalteriya balanslari tasnifi
Korxonaning moliyaviy holati – uning qarz majburiyatlarini qaytarish qobiliyatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar majmuyidir. U korxona normal faoliyat yuritishi uchun moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik, ularning maqsadga muvofiq joylashtirilishi va samarali foydalanilishi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlar, to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqa- rorlik bilan tavsiflanadi. Korxonaning moliyaviy holati barqaror, beqaror (inqiroz oldi) va inqirozli bo‘lishi mumkin. Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritish va taraqqiy etish qobiliyati, o‘zgaruvchan tashqi va ichki muhitda o‘z aktivlari va pas- sivlari muvozanatini saqlashi, to‘lov qobiliyati va investitsion joziba- dorligini muntazam yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan risk darajasida saq- lab turishi uning barqaror moliyaviy holatidan darak beradi va ak- sincha. Korxonaning moliyaviy holati, uning barqarorligi ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyat natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish va moliyaviy rejalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir qiladi. Aksincha, mahsulot ishlab chiqarish va sotish tanazzuli natijasida uning tannarxi oshadi, tushum va foyda kamayadi, buning oqibatida – moliyaviy holat va uning to‘lov qobiliyati yomonlashadi. O‘z navbatida, barqaror moliyaviy holat korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini belgilab beruvchi barcha omillar majmuini mohirona va samarali boshqarish natijasi hisoblanadi. Kredit qobiliyatini baholash Bankrotlik ehtimolini prognozlash Tahlilning asosiy maqsadi – xususiy kapitalni o‘stirish va bozorda barqaror vaziyatni ta’minlashdir. Buning uchun korxona to‘lov qobiliyati va rentabelligini, shuningdek, balans aktiv va passivining optimal tarkibini muntazam saqlab turishi lozim. Download 426.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling