Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Korxonalarning moddiy resurslar bilan ta’minlanishini tahlili


Download 426.71 Kb.
bet9/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

Korxonalarning moddiy resurslar bilan ta’minlanishini tahlili

Moddiy ta’minotni to‘g‘ri tashkil qilish korxonalar uzluksiz ishlashining asosiy shartlaridan biri sanaladi. Materiallarga rejaviy ehtiyoj quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
M = Me + Zmyo Zmyb
Bu yerda M – materiallarga rejaviy ehtiyoj;
Me – rejadagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlash uchun materiallarga ehtiyoj;
Zmyo – davr oxiri uchun materiallar zaxirasi;
Zmyb – davr boshi uchun materiallar zaxirasi.
Davr boshida zaxira tashkil qilish uchun moddiy resurslarga ehtiyoj uchta baho asosida aniqlanadi: 1) natural o‘lchov birliklarida, bu ombor binolariga ehtiyojni belgilash uchun zarur; 2) qiymat bo‘yicha – aylanma mablag‘larga ehtiyojni aniqlash uchun; 3) ta’minlanganlik kunlarida – yetkazib berish grafigi bajarilishini rejalashtirish va nazorat qilish maqsadida.
Zaxiralarni qoplashning ichki va tashqi manbalari mavjud.
Tashqi manbalarga tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib beruvchilardan olingan material resurslar taalluqli sanaladi.
Ichki manbalar – bu xomashyoni chiqitga chiqarishni kamaytirish, ikkilamchi xomashyodan foydlanish, material va yarimfabrikatlarni o‘zi tayyorlash, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy qilish natijasida materiallarni tejash.
Material resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili jarayonida quyidagilar aniqlanadi:

  1. material resurslarga ehtiyojlarning ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi va uning bajarilishi;

  2. yetkazib berishlar maromiyligi va ishlab chiqarish dasturi bajarilishiga yetkazib berishdagi buzilishlar ta’siri;

  3. tovar zaxiralari bilan haqiqatda ta’minlanganlikning rejadagi bilan muvofiqligi;

  4. material resurslar bilan ta’minlash yetarli bo‘lmaganligiga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish hajmining kamayishi.

Material resurslarga ehtiyojlarning yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi:

- Reja bo‘yicha ta’minlanganlik koeffitsiyenti Kt.r:




Ktr
= Tuzilgan shartnomalar bo‘ yicha summa ;
Rejaviyehtiyoj

- Haqiqatda ta’minlanganlik koeffitsiyenti Kt.h:




Download 426.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling