Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Moliyaviy qo‘yilmalar va qimmatli qog’ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar auditi


Download 426.71 Kb.
bet28/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Asosiy qism

Moliyaviy qo‘yilmalar va qimmatli qog’ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar auditi.

Subyektlar dividendlar yoki foizlar ko'rinishida qo'shimcha daromad olish maqsadida, oʻzlarini erkin mablag'larini moliyaviy qo'yilmalar sifatida boshqa subyektlarga berishlari mumkin, boshqacha qilib aytganda moliyaviy investitsiya hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida subyekt tomonidan uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligiga katta e'tibor qaratish lozim. Hozirgi rivojlanayotgan bozor sharoitida ushbu masala nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan, biroq, amaliyotda uning ba'zi bir jihatlari sekin-ast o'z ifodasini topmoqda, chunonchi, boshqa subyektlar ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish,


subyektlardan qimmatli qog'ozlarni sotib olish, ularga qarz berish va investor-subyektlar bergan qarzlari bo'yicha foizlar va kiritgan investitsiyalari bo'yicha dividendlar ko'rinishida daromad olishlari haqiqiy ifodasini topdi. Investitsiyalar samaradorligi masalasini ko'rib chiqishni, boshqa subyektlar ustav kapitaliga aniq investitsiyalar kiritish, subyektlardan qimmatli qog'ozlarni sotib olish va ularga qarz berishni amalga oshirishga doir subyekt qaroriga ta'sir qiluvchi mezonlarni o'rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bizning fikrimizcha, bunday qaror qabul qilinishiga ta'sir etuvchi asosiy holat, birinchidan, ustav kapitaliga kiritiladigan investitsiya subyekt zarar ko'rmasligiga va inqirozga uchramasligiga; ikkinchidan, boshqa subyektlar faoliyatiga yoki qimmatli qog'ozlar va qarz shaklida mablag' qo'ya turib, subyekt o'sha mablag'ni o'z ehtiyojlariga yo'naltirganda olinadigan iqtisodiy samaradorlikdan katta bo'lgan summani dividend va foizlar shaklida olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Bu holat, zarar keltiradigan ishlab chiqarishga mablag' qo'ymaslik va qo'yilgan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni yo'qotmaslik yoki ushbu qo'yilmalardan tegishli iqtisodiy samara olish uchun investitsiya kiritilayotgan subyektning moliyaviy- xojalik faoliyati va moliyaviy ahvoli yaxshi oʻrganilishi kerakligini keltirib chiqaradi.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog'liq muomalalarni auditida uchraydigan asosiy atamalarni «qimmatli qog'ozlar va fond birjalari to'g'risida» gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga asoslanib aniqlab olamiz. Aksiya amal qilish vaqti belgilanmagan qimmatli qog'oz bo'lib, yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ma'lum ulushni aksioner jamiyatini nizom jamg'armasiga kiritilishini, uning egasini mazkur jamiyatga egalik qilishda qatnashishini va dividend olish, shuningdek, jamiyatni boshqarish huquqiga ega bo'lishini tasdiqlaydi. Daromad olish ketma-ketligi bo'yicha aksiyalar oddiy va imtiyozlilarga bo'linadi.
Oddiy aksiyalarga subyektning bir yillik faoliyati natijasi bo'yicha dividend to'lash mo'ljallanadi. Ular boshqarishga ta'sir ko'rsatish huquqi boʻyicha farqlanadi: ovoz berish huquqiga ega bo'lmagan va bir yoki bir nechta ovozga ega bo'lgan aksiyalar.
Imtiyozli aksiya ovoz berish huquqiga ega emas, lekin doimo dividendlar bilan ta'minlanadi va subyekt bekor qilinganda birinchi navbatda qoplanadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida qo'llanilish turi bo'yicha nomli va taqdim etiluvchi aksiyalar farqlanadi.
Auditning maqsadi - xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobot ma'lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usullari va soliq solish muomalalari bo'yicha hisobi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Download 426.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling