Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi
Download 426.71 Kb.
|
Asosiy qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy natijalar hisobining auditi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi:
1. Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilganligi to'g'riligini tekshirish. 2. Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo'yicha ularni turkumlanishini chegaralash to'g'riligini tekshirish. 3. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati to'g'ri shakllanganligini tekshirish. 4. Moliyaviy investitsiyalar bilan bog'liq muomalalar hisobini to'g'riligini tekshirish. 5. Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini baholash. 6. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o'tkazish tartibi va ularni natijalarini hisobda to'g'ri aks ettirilganligini tekshirish. 7. Moliyaviy investitsiyalar bilan bog'liq muomalalar bo'yicha soliq qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish. Moliyaviy natijalar hisobining auditi. Auditor (lar) O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 -yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug'i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to'ldirish bo'yicha qoida» ga muvofiq moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko'ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug'urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek, mulkida, xojalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo'lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to'lovchi hisoblanadigan alohida bo'linmalar taqdim etish kerakligini bilishi kerak. Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga oʻtkazilsa, qayta baholash natijalarining ko'rsatkichlari hisobot yilining boshiga shakllanadigan moliyaviy hisobotga qabul qilinadi. Bunda o'tgan yilning oxiridagi ko'rsatkich hisobot yilining boshidagi ko'rsatkichga mos kelmasligi, asosiy vositalarni hisobot yilining birinchi sanasiga oʻtkazilgan qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotidagi tushuntirish xatida bayon etiladi (OʻzR AV 12.11.2003 y. 1209-1-son bilan ro'yxatga olingan OʻzR MV Buyrug'i taxriridagi xat boshi). O'zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to'g'risida» qonunning 10-moddasida ko'rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o'tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to'g'riligi to'g'risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar. Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o'tkazilgan taqdirda korxona moliyaviy hisobotining to'g'riligi to'g'risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o'tkazilganidan keyin 15 kun davomida taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko'rsatkichlar toʻldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) toʻldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo'yiladi. Moliyaviy hisobotni tuzish chog'ida O'zbekiston Respublikasining hisobi to'g'risida»gi qonuni, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo'yicha boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim. Korxona va tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo'linmalarining faoliyat ko'rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko'rsatkichlariga kiritilishi kerak. Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta o'tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo'lishi kerak. Inventarizatsiya O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 -yil 19 -oktabrda EGG 17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi 19-son «Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish» nomli Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) (ro'yxat raqami 833, 1999 -yil 2-noyabr) da belgilagan tartibda o'tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklar haqiqiy mavjudligining buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga qaraganda tafovutlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyalashlar ham o'tkazilishi kerak, ular o'zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O'tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, ularni o'tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak. Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda: Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi. XXI asr – dunyo iqtisodiyotining yangicha shakllanish asridir. Bu dunyo insoniyatni, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotning o’zgarishini, iqtisodiy modellar transformatsiyasini, xalqaro munosabatlarni, globallashuv va yangi geoiqtisodiy qurilishini shakllanishini anglatadi. Bugungi iqtisodiyot aybni o’zgalardan axtaradigan, muammolar yechimiga osongina kelinadigan, hammaning boshini bir xilda silaydigan, istagancha mol-mulkka ega bo’lishda ilmni, bilimni talab qilmaydigan, o’zgarish va rivojlanishda cheksiz imkoniyatlarni ochib beruvchi, tahlikalardan holi bo’lgan iqtisodiyot emasligini tan olish kerak. Zamonaviy iqtisodiyot avvalo chuqur tahliliy yechimlar asosida doimo o’zini yangilab boruvchi, tartibga soluvchi va turli tahlikalarga ta’sirchan murakkab tizimga aylanib bormoqda. Shularni inobatga olgan holda mamlakatmizning islohotining asosiy mulkchilik shakllari va mulkdorlarning sinfining shakllanishiga, xо‘jalik yurituvchi subyektlarga erkinlik berilishi, xorijiy mamlakatlar bilan о‘zaro xamkorlik qilishiga asosiy e’tibor berilmoqda. Korxonaning moliyaviy axvoli uning kо‘rsatkichlari orqali tahlil qilib, uning samaradorligiga baho beriladi. Korxonaning samarali faoliyatida mablag‘lar juda ham muhim sanalib, ayniqsa, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini ilg‘or tashkil etishda korxonaning moliyaviy natijalarini shakllashtirishda ularning asosiy va aylanma mablag‘laring о‘rni va ahamiyati juda muhim sanaladi. Malakaviy amaliyot davomida MCHJ «UZSUNGWOO» qo'shma korxonasi bilan yaqindan tanishdim va buxgalteriya hisobi bo’yicha ko’plab bilimlar oldim. Ushbu qo'shma korxona asosan ishlab chiqarish bilan shug’ullangani uchun buxgalteriya hisobi yuritilish usullarini va tartibini o’rgandim. Amaliyotni о‘tashdan asosiy maqsad – olingan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, korxona boshqaruvini o’rganishni takomillashtirish bо‘yicha mavjud bо‘lgan qо‘llanma va yo’riqnomalarni hamda bunda vujudga keladigan muammolarni yechishni о‘rganishdan iborat. Shu bilan birga, amaliyot jarayonida , korxona faoliyati umumiy asoslari bilan tanishish, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilishdan iborat. Download 426.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling