Korxona boshqarish apparati. Korxonani boshqarishda rahbarning xususiyatlari o’rni va roli Reja
jadval "Kishilik kapitali" omilini baholash uchun indikatorlarning Shveysariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi. 1989)
Download 164 Kb.
|
Korxona boshqarish apparati. Korxonani boshqarishda rahbarning xususiyatlari o’rni va roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash
jadval
"Kishilik kapitali" omilini baholash uchun indikatorlarning Shveysariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi. 1989)
Mutaxassislarni ta'kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida "shtik bilan" hujumga boruvchi emas, balki to'g'ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g'alaba qozonadi. Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan bog'liqlikda ko'rib chiquvchi g'oya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi bo'ladi. 70 - yillarning o'rtalarida "Boston konsalting grupp" marketing firmasi o'zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo'lib, hozir u har xil korxonalar va sohalarning raqobat -bardoshligini tadqiqot qilishda qo'llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko'rsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal bo'yicha bozor sig'imining to'g'ri chiziqli ko'lamdagi o'sishi sur'atlari ko'rsatiladi. Gorizontal bo'yicha esa - tadbirkor yoki korxonaning bozordagi logarifmli ko'lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o'zlarining parametlari va bozor sharoitlariga ko'ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo'lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar. Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o'z korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi va keyin esa bozordagi hulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin . Matritsa usuli amarikali maslahat firmalarida keng qo'llaniladi, bizning tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun ishonchli qurol bo'ladi. 3. Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko'proq menejerlarning san'ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog'liq. Biznesning murakkab dunyosida bunday o'zini o'zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyat-sizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning ko'zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya'ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni o'zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi. Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so'z yotadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya'ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me'yorlar, iste'molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an'analar va h.k. ko'rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar) ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko'rinishda quydagicha aks ettirish mumkin: Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf Pht Pa yoki Pprim shartida max bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxo na uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali bo'ladi. Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me'yoriy darajasi: Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig'ma daromadlari va resurslari; Dpo - soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to'lovlar to'langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar; Dpb - korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari; Dpf - korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari; Ra - korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me'yoridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Rprim - korxona tomonidan qo'llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya'ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me'yoridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G'arbda ular o'zlarini o'stirgan mamlakatlaring faxri bo'ladilar, ularning menejerlari esa - eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir. Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu - sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy to'lovlar to'langanidan keyin korxo na ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo'shilgan qiymat (sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial to'lovlarni o'z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus - balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to'lovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yo'qotishlar va h.k.) ko'rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo'linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag'lar, avans qilib berilgan yoki qo'llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig'imining o'zlashtiril gan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo'li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobat-bardoshligini baho lashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko'rsatkichlar va standartlar (normative lar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo'ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g'oyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda. Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling