Korxona ichki va tashqi muhitining boshlang`ich ma`lumotlarning shakllanishi
Download 1.64 Mb.
|
korxona ma\'lumotlarni shakllantirish va boshlang\'ich qoldiqlarning kiritish
Dasturiy bayonotda firma faoliyati sohalari tovarlar ishlab chiqarish, maxsus texnologiya nuqtai nazaridan yoki mijozlar doirasi, ularning istak va ehtiyojlariga xizmat ko`rsatadigan bozor faoliyati tomonidan tavsiflanadi. Firma dasturi asosida har bir bugungi firma rahbariyati uchun maqsad va vazifalar darajalari belgilanadi, ularning ko`lami va vaqti aniqlab qo`yiladi. Har bir menejer o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun javobgar hisoblanadi. Bunday tizim (sistema) masalalarini hal etish usuli boshqarish deyiladi.
A.CHendler “Strategiya va struktura “ kitobida quyidagicha ta`rif beradi: “Firmaning strategiyasi - bu korxonaning uzoq muddatli asosiy maqsad va vazifalarini shakllantirish, harakatlar izchilligini ta`minlash, shuningdek bu maqsadlarga erishish uchun zarur bo`lgan resurslarni taqsimlashdan iborat.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirishi haqida bunday deb yozadi: «Strategik rejalashtirish firmaning maqsadlari, uning iloji bo`lgan imkoniyatlari bilan marketing sohasidagi muvaffaqiyat qozonish imkoniyati o`rtasidagi strategik muvofiqlikni yaratish va saqlash bo`yicha boshqaruv jarayonidir.
Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling