Korxona ichki va tashqi muhitining boshlang`ich ma`lumotlarning shakllanishi


Download 1.64 Mb.
bet6/6
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267144
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
korxona ma\'lumotlarni shakllantirish va boshlang\'ich qoldiqlarning kiritish

Korxona mulki

  • Korxona mulki, bu –uning asosiy aylanma fondlari hamda qiymati korxonaning mustaqil balansida aks etirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofiq unga to`liq mulkdorlik va egalik qilish huquqi bilan tegishli bo`ladi. Ta’sischilarning pul va moddiy badallari, mahsulot sotish va xizmat ko`rsatish, shuningdek, xo`jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar qarzlari; byudjetdan kapital va qo`yilma va dodatsiyalar, tashkilot va fuqarolarning beg`araz va homiylik badallari, qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo`lib xizmat qiladi.
  • Davlat korxona mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini faqat qonunda ko`rsatilgan hollardagina tortib olinishi mumkin.

Korxona xo`jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish

  • Korxona xo`jalik mexanizmi - bu xo`jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko`lami bo`lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mehnat jamoasini boshqarish, mehnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o`rtasida aloqa va o`zaro ta’sir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashkiliy-iqtisodiy tizim bo`lib, rejalashtirish xo`jalik hisobi, moddiy texnika ta’minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona kadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi qatnashuvi, fan-texnika taraqqiyoti va mahsulot sifatini oshirish, mehnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mehnatni va unga xaq to`lashni tashkil etish, kredit va xisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni himoya qilish, xisob, xisobot, nazorat, tashqi iqtisodiy aloqalarni qamrab oladi.

Mehnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yo`llarini baholash uchun mos me’yor va ko`rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me’yorlar vositasida amalga oshiriladi.

  • Mehnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yo`llarini baholash uchun mos me’yor va ko`rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me’yorlar vositasida amalga oshiriladi.
  • Ishlab chiqarish samaradorlikni oshirish, unda ishlovchilar xo`jalik va mehnat faoliyatini kuchaytirishning muhim omili bo`lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining muhim yo`nalishi bo`lmog`i lozim. U, shuningdek, mehnatkashlar, ular oilasi, urush va mehnat faxriylarining turmush sharoitini yaxshilash haqida g`amxo`rlik qilishi lozim. Korxona jamoasi ijtimoiy extiyojlarini qondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan belgilanadi.
  • www.arxiv.uz

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling