- Korxona yuridik shaxs huquqiga ega, mustaqil xo`jalik yurituvchi subekt bo`lib, mulkdan foydalanish asosida u mehnat jamoasi tomonidan mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko`rsatadi.
- Korxona mulk shakliga ko`ra bir-biridan farqlanadi:
- fuqarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;
- jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aksionerlar jamiyati va boshqa xo`jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;
- davlat mulkiga asoslangan korxona.
Shuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta’sischilar uyushmasiga asoslangan qo`shma korxona ham tashkil etiladi. Qo`shma korxona ta’sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar ham kirishi mumkin. Xo`jalik oboroti va ishlovchilar soniga bog`liq holda korxonalar yirik, o`rta va kichik bo`lishi mumkin. - Shuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta’sischilar uyushmasiga asoslangan qo`shma korxona ham tashkil etiladi. Qo`shma korxona ta’sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar ham kirishi mumkin. Xo`jalik oboroti va ishlovchilar soniga bog`liq holda korxonalar yirik, o`rta va kichik bo`lishi mumkin.
- Kichik korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o`ziga xos hususiyatlari qonun tomonidan belgilab qo`yiladi.
- Korxonalar xalq xo`jaligining sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, aloqa, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta’minot, xizmat ko`rsatish va boshqa tarmoqlarda faoliyat yuritadilar. Ular bir vaqtning o`zida bir necha xil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-qurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shug`ullanishlari mumkin.
Korxonaning asosiy vazifasi- ijtimoiy extiyojlarni yuqori iste’mol sifatlariga ega bo`lgan mahsulotlar bilan kam sarf qilib ta’minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta’minlashga erishishdir. - Korxonaning asosiy vazifasi- ijtimoiy extiyojlarni yuqori iste’mol sifatlariga ega bo`lgan mahsulotlar bilan kam sarf qilib ta’minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta’minlashga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |