Korxona iqtisodiyoti -aholi va xalq xojaligi uchun zarur bolgan maqsulot
Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi vazifalarini ajratib ko`rsatish mumkin
Download 22.84 Kb.
|
1 variant[1]
Amaldagi tasnifga asosan boshqaruvning quyidagi vazifalarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1.Rejalashtirish – ishlab chiqarishni kengaytirish va korxonaning gullab-yashnashi uchun ishlab chiqarish maqsadlarini belgilash va uning natijalariga erishish. 2.Istiqbolni belgilash (prognozlashtirish) – joriy faoliyatni samarali tarzda olib borish hamda istiqbolni ko`ra olish va boshqaruv tizimini istiqbolga moslashtirish. Rejalashtirishdan farqli ravishda bashorat qilish ehtimollik tavsifiga ega bo`ladi. 3.Tartibga solish – ishlab chiqarishni, jamoani boshqarishda belgilangan ko`rsatkichlardan chetga og’ishlarni to`g’rilab boorish 4.Tashkillashtirish – kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori samaradorligi orqali amalga oshirishga yo`naltirish, amaldagi tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni bajarishga yo`naltirish. 5.Nazorat – joriy ko`rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) vazifa(me`yor)larga mos kelish darajasini aniqlash. 6.Hisobga olish – korxonaning ma`lum bir vaqt davomida bajargan ishlariga yakun yasash. 7.Tahlil – ma`lumotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan boshqaruvni asoslash va boshqa vazifalari uchun foydalanish. 1.3 Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o’z texnologiyasiga ega bo’lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarni turi, kattaligi va muddatiga ko’ra, aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o’z ichiga oladi. Kichik korxonalarda bu vazifalarni bajarish katta korxonalarga nisbatan engilroq bo’lsada, barcha hollarda quyidagi omillarni hisobga olish talab qilinadi: ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi; xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi; moliyaviy resurslar; aylanma mablag’lar mavjudligi va unga bo’lgan ehtiyojlar, jumladan, moddiy-tovar boyliklari zahiralari; ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi; mahsulotni sotish kanallari. Download 22.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling