Korxona iqtisodiyoti -aholi va xalq xojaligi uchun zarur bolgan maqsulot
Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi
Download 22.84 Kb.
|
1 variant[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma mablag‘larni normalashtirish
Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi:
1. Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat’iy ravishda asoslab berilishi. 2. Rejadagi vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi. 3. Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish, nazorat qilish va unga zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish. 4. Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro’y bergan o’zgarishlarga mos ravishda, o’z vaqtida qayta tashkil qilish (rejalashtirishning moslashuvchanligi). 5. Fan-texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilg’or tajribalariga tayanish. 1.4Aylanma mablag‘larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi. Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag‘lari ham normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag‘lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi. Normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, unchalik qimmat bo‘lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi. Normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir. Aylanma mablag‘larning normativi aylanma mablag‘lar normasini, normasi aniqlangan ko‘rsatkichga ko‘paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko‘ra, pul ko‘rinishida o‘lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin: Nay.m = Nich.z + Nt.ich + Nt.m Bu erda: Nich.z - ishlab chiqarilgan zahiralar normasi; Nt.ich – tugallanmagan ishlab chiqarish normasi; Nt.m - tayyor mahsulot normasi. Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish zahiralari joriy, sug‘urta (kafolatli), tayyorlov (texnologik) va mavsumiy turlarga bo‘linadi. Download 22.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling