Korxona iqtisodiyoti


Iste’molchiga mo‘ljal olingan marketingning mohiyati nimadan iborat?


Download 32.61 Kb.
bet5/8
Sana18.12.2022
Hajmi32.61 Kb.
#1027744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KI oraliq

37. Iste’molchiga mo‘ljal olingan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: korxona faoliyati bozordan kelib chiqadigan talablarni qondirishga yonaltirilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda marketingning bosh vazifasi – potensial talablarni o’rganish, bozor “tirqishi”ni izlash. Korxonalarning faoliyatida marketingning ikkala turini bir vaqtning o’zida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Mana shunday kombinatsiyalashgan marketing faoliyati integrallangan marketing deb ataladi.
38. Demarketingning mohiyati nimadan iborat?
J: ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli darajada emasligi, tovar resurslari va xomashyoning cheklanganligi tufayli tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirishga yo’naltirilgan marketing turi. Demarketing asosan kamyob tovarlar va xizmatlar bo’yicha qo’llaniladi. Talabni pasaytirish uchun narxlarni ko’tarish, reklamadan voz kechish va boshqa usullar qo’llanilishi mumkin.
39. Konsentratsiyalangan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: marketing harakatlarini bir yoki bir nechta kichik bozorda jamlashni ko’zda tutadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi marketingning ham zamonaviy turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, internet-marketing, SMM, PR-marketing va boshqalar. Ular umumlashtirilgan holda “raqamli marketing” deb atalmoqda.
40. Korxonalarning marketing konsepsiyasining mohiyati nimadan iborat?
J: Marketing konsepsiyasiga muvofiq biznesda uzoq muddatli rentabellik asosiy ahamiyatga ega. Marketing konsepsiyasi maqsadli bozorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash hamda ularning istagi qondirilishi raqobatchilarga qaraganda samaraliroq va sifatliroq tarzda ta’minlash korxonaning maqsadlariga erishishining garovi ekanligini tasdiqlamoqda.
41. Marketing konsepsiyasining mohiyatini quyidagi qaysi ibora bilan ifodalash mumkin?
J: talablarni izlab topish va ularni qondirish”, “nima ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, shuni sotishga harakat qilish emas, nima sotilayotgan bo’lsa, shuni ishlab chiqarish” kabi iboralar bilan ifodalash mumkin.

Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling