“Korxona iqtisodiyoti” fanidan 1-oraliq nazorat uchun test savollari
1. Korxona deganda nimani tushunasiz?
J: Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, mulkchilikling barcha shakllari teng huquqli sharoitda amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt.
2. “Korxona iqtisodiyoti” fanining predmeti nimadan iborat?
J: Korxonalar faoliyatida yuz berayotgan jarayonlardir. Xo‘jalik mexanizmidir.
3. “Korxona iqtisodiyoti” fani o‘z predmetini o‘rganishda qanday usullardan foydalanadi?
J: 1. Ilmiy abstraksiya usuli. 2. Induksiya va deduksiya usullari. 3. Taqqoslama tahlil usuli. 4. Eksperiment usuli. 5. Hisob-kitob usuli. 6. Monografik usul. 7. Iqtisodiy-matematik usul.
4. Korxonalarda boshqaruvning mohiyati nimadan iborat?
J: Ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining obektiv qonunlari asosida yo‘naltirilgan tarzda tasir o‘tkazish tizimi, har bir ishchining yoki butin jamoaning mehnatini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish.
5. Korxonalarda boshqaruv tizimi deganda nima tushuniladi?
J: Butun bir iqtisodiy tizimni tarkibiga kiruvchi tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar, v aboshqalarni boshqarishni tushunamiz.
6. Korxonalarda boshqaruv faoliyatining mohiyati nimadan iborat?
J: Boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita yoki bilvosita shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
7. Korxonalarda boshqaruv subyektining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruv subyektida – korxona rahbari yoki xizmat rahbari
8. Korxonalarda boshqaruv obyektining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruv obyektida – turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi
9. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari amalga oshirish muddatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: Joriy va istiqbolli
10. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari ahamiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: asosiy va ikkinchi darajali.
Do'stlaringiz bilan baham: |