29. Rejalashtirilayotgan davrning davomiyligidan kelib chiqib korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: qisqa muddatli (joriy, operativ), o‘rta muddatli va uzoq muddatli (istiqbolli) rejalar.
30. Korxona faoliyatining yo‘nalishi jihatidan qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: tashkiliy reja, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moddiy ta’minot rejasi va moliyaviy reja.
31. Mo‘ljallanishi jihatidan korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: korxona boshqaruvchilariga, statistik organlar va yuqori tashkilotlarga, tashqi investorlarga taqdim etiladigan rejalar.
32. Korxonalar faoliyatini bashoratlashning mohiyati nimadan iborat?
J: Basharotlash – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan ko’rsatkichlardir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi. Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning obyektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin egallaydi.
33. Marketing so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
J: Marketing inglizcha “market” so’zidan olingan bo’lib, bozor bilan bog’liq faoliyat ma’nosini anglatadi.
34. Marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: Marketing – bu bozor talabini o’rganish va korxonaning faoliyatini unga moslashtirish bilan bog’liq faoliyatdir.
35. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida qachon va qayerda paydo bo’lgan?
J: XX asrning boshlarida AQShda
36. Mahsulotga moʻljal olingan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: Korxona faoliyati yangi mahsulot yaratishga yoki chiqarilayotganini takomillashtirishga yo’naltirilganda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |