Korxona iqtisodiyoti va menejmanti
Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasini boshqarishning iqtisodiy matematik modeli
Download 0.95 Mb.
|
kurs ishi
2.2. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasini boshqarishning iqtisodiy matematik modeli
Tahlilning iqtisodiy-matematik usullari vositasida murakkab ijtimoiyiqtisodiy hodisalarning bog’liqlik kuchini tadqiq etish, ularning qonuniyatlarini aniqlash va tajriba orqali kuzatish mumkin. Xozirgi kunda ushbu usullarni qo’llash jarayonini tezlashtiradigan va tahlilning ahamiyatli modelini tanlab olish imkonini beruvchi ko’p sonli dasturiy mahsulotlar yaratilgan. Biz quyida keltirilgan tahlilni MS EXCEL hamda SPSS ONLINE dasturi yordamida amalga oshirdik. Kurs ishimizda tahlil obyekti sifatida o’rganilayotgan “Yunusobod kommunal sitora servis” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining sof foydasiga korrelyatsion-regression tahlil usullari yordamida tahlil qilish asosida omillar orasidagi bog’liqlik kuchini aniqlash hamda shirkat faoliyatini tahlil etish va baholash orqali ularning moliyaviy faoliyatini samarali tashkil etish va tartibga solish tadbirlari yo’nalishlari aniqlanadi. Bunda model tuzilishining eng muhim bosqichi natijaviy, bashorat qilingan ko’rsatkichning tanlab olingan omillarga bog’liqligini tavsiflovchi ekonometrik ifodani tanlashdan iboratdir. Bunda “Yunusobod kommunal sitora servis” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati sof foydasini natijaviy ko’rsatkich sifatida tanladik. Bunda natijaviy ko’rsatkich hisoblangan “sof foyda” – y ning x1, x2, … , xn omillariga bog’liqligini ko’rsatuvchi regression tenglamani aniqlash yoki matematik modelini topish dolzarb masala hisoblanadi. 24-jadval Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkat sof foydasiga ta’sir etuvchi omillar
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling