Korxona iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari Re’ja


Download 43.9 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi43.9 Kb.
#1797096
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublar 3Korxonal-fayllar.org

Sakkizinchidan, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari.
Korxonaning xo’jalik mexanizmi murakkab va ko’p qirrali tushunchadir.
Xo’jalik mexnizmini o’rganish orqali korxona faoliyatida ro’y berayotgan iqtisodiy
hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo’llarini aniqlash
imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Barcha iqtisodiy fanlarning usullarini falsafiy asosi va umumiy bilish quroli
sifatida dialektika usuli ishlatiladi. Shu bilan birga bilish jarayonining rivojlanishi
asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham topilgan. Ular qatoriga
induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi.
Dialektika grekcha «dialektike» so’zidan kelib chiqib tabiat, jamiyat va
tafakkurning umumiy qonunlarini o’rganish usuli sifatida vujudga kelgan, ya’ni
falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o’rganish usuliga dialektika deb tushuniladi.
Induksiya lotincha «inductio» so’zidan olingan bo’lib xabar olish mazmunini
bildiradi. U fikr yuritishning bir tipi va tadqiq qilish usulidir. Umuman induksiya
tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayrim voqelikdan



umumiylikka o’tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy


bilimga ega bo’lish uchun uning alohida tomonlari, emperik asoslari o’rganilib,
xulosa qilinadi.
Deduksiya lotincha «deductio» so’zidan olinib so’zma-so’z «chiqarish»
ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir xili va tadqiq
qilish usuli bo’lib, induksiya usulining teskarisini ishlatadi. Deduksiya usuli
ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib
boriladi.
Analiz va sintez grekcha «analisys» va «sinthesis» so’zlaridan olingan bo’lib,
analiz - bo’lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi.
Analiz va sintez tadqiqot usuli bo’lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy
bo’limlarga (xususiylikga) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlardan
yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni logik uslublaridandir. Iqtisodiy
amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo’lib «Iqtisodiy tahlil
nazariyasi», «Xo’jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan fanlarning mavjudligi
hisoblanadi.
Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning
usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko’p arsenalli usul va uslublarni o’z
predmetini o’rganishda ishlatadi. Tabiiy yo’naltirilishi bo’yicha bu usul va uslublar
iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, prognozlash,
rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo’yicha bu usullar son
va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksperiment o’tkazish, tizimli tahlil,
modellashtirish, estropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo’linadi. Bular bilan bir
qatorda statistik, matematik bashorat (gipoteza) usullari keng ishlatiladi.
1.3. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari 
«Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» korxonalar faoliyati va butun xalq
xo’jaligi rivojlanishining miqdor ko’rsatkichlarini sifat ko’rsatkichlaridan ajralmagan
holda o’rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan, shuningdek, joriy va istiqboldagi
ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur



bo’lgan «Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili» bilan ham bog’liq. Gap shundaki,


korxonalar hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va
texnologiyalarni bilmasdan o’rganishning iloji yo’q. Fan- texnika taraqqiyoti
sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o’zgarishlar
nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol
qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli
mazkur fanni o’rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas.
Mazkur fanning “Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o’zaro
aloqasini alohida ko’rsatib o’tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va
boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash
yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlanadi. Xorijiy mamlakatlar
amaliyotining guvohlik berishicha, korxona, firma va kompaniyalarning ko’pchiligi
ishlab chiqarish menedjerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o’z
sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va
ishlab chiqarish imidjiga ega bo’lmoqda. Shu sababli korxona iqtisodiyotini yaxshi
bilishning o’zi kamlik qilib, bo’lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini
kengaytirish va uning xalq xo’jaligida o’z o’rnini topishini shakllantiruvchi boshqa
iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi.
Menejmentning mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari
va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari,
boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va usulologik asoslarini o’rganish
tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va
tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv
apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o’zini tutish hollarini umumlashtiradi.
Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. Boshqaruv
nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy
tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini
ajratib o’rganadi.
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni xal etishga:
iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish



samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy


darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki
ularni boshqaruv amaliyotida qo’llash qobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan
aniq vaziyatda, foydalana olish qobiliyatini o’rganadi. Uning boshqarish
nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillari
va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir.
“Funksiya”-bu lotincha so’z bo’lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat
doirasi, vazifasi degan ma’noni bildiradi.
“Vazifa”-bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi
lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Yoki birior bir topshiriq, xizmat, yumush,
xizmat lavozimi, mansab, amal.
Boshqaruv funksiyasi- deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq
vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.
Boshqaruv funsiyalarining mazmuni Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u
yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishni olaylik.
Uning dastlabki bosqichida:
Loyihalash;
• Konstruktorlik;
• Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi.
Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni:
• Mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
• Mehnat me’yorlari, materiallari sarfini belgilash;
• Asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
• Ishlab chiqarish vositalari, texnika;
• Xom ashyo;
• Elektr quvvati kabilarni hal etib olish kerak bo’ladi

Download 43.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling