Moliyaviy hisob
Download 317.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy hisob
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi “MOLIYAVIY HISOB” FANIDAN KURS ISHI
Bajardi:________________ Tekshirdi:______________ Toshkent – 2015 Reja Kirish 1. Kapital xarajatlar va ularni turkumlash 2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning maqsadi hamda vazifalari 3. Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida amalga oshirilayotgan kо‘pgina tadbirlar avvalo tarmoq va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan bо‘lib, ularni amalga oshirishda davlat tomonidan ishlab chiqiladigan qonun- qoidalarning о‘rni beqiyosdir. Xо‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari paydo bо‘lishi, tadbirkorlikka erkinlik hamda xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarga о‘z moliyaviy resurslaridan foydalanishda mustaqillik berilishi, investitsiyalarni jalb qilish uchun huquqiy va iqtisodiy sharoitlar yaratilganligi, yangicha moliya vositalari va omillarning vujudga kelishi investitsiyalashning ilgari
amalda bо‘lgan tashkiliy mexanizmini tubdan isloh qilmoqda. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish, ishlab chiqarishning texnik va texnologiya jihatdan modernizatsiyalashga keng e’tibor berilmoqda. Jadal va mutanosib iqtisodiy о‘sish, chuqur tapkibiy о‘zgapishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni divepsifikatsiya qilishda faol va aniq yо‘naltirilgan kapital siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi. 2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan kapitallar hajmi 10,9 foizga о‘sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qо‘yilmalarning 21,2 foizdan optig‘i yoki 3 milliapd dollardan ziyodini xopijiy kapital va kpeditlar tashkil qildi. Ularning tо‘ptdan uch qismi tо‘g‘ridan- tо‘g‘ri xopijiy kapitallardir. 1
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan kapital siyosatining о‘ziga xos xususiyati mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan kapital loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bо‘lmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar korxonalar faoliyatida kapital xarajatlarni tо‘g‘ri hisobga olish, dastlabki xujjatlashtirish va iqtisodiy samaradorligini baholash, ularni tegishli ob’ektlar о‘rtasida aniq taqsimlanganligi hamda maqsadli
1
Karimov I.A. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” – Toshkent: “Xalq so’zi” gazetasi, 17 yanvar 2015 y.
sarflanganligini tekshirishda kо‘pgina muammolar mavjudligini kо‘rsatmoqda. Kapital xarajatlarni hisobga olish va sarflangan kapital xarajatlarni tо‘liq ishonchli aks ettirish, qurilish ob’ekti tannarxini tо‘g‘ri aniqlashni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Download 317.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling