Moliyaviy hisob


Download 317.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana16.11.2021
Hajmi317.58 Kb.
#174972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Moliyaviy hisob

 

 

 


1. Kapital xarajatlar va ularni turkumlash 

 

Buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  juda  kо‘p  masalalarni  hal  qilish  uchun 

talab  qilinadi  va  shuning  uchun  ushbu  ma’lumotlarning  ta’sirchan  turkumlash  va 

tartibga  solish tizimini  ishlab chiqish zarurdir. 

Korxonalarning  asosiy  faoliyati  mahsulot  ishlab  chiqarishdan  iborat 

bо‘lganligi  tufayli,  birinchi  navbatda,  shu  ishlab  chiqarishdagi  xarajatlar  tarkibi  va 

ularning  xususiyatlari  bilan  tanishib  chiqish lozim  bо‘ladi. 

Korxonaning  ishlab  chiqarish  xarajatlari  deb,  mahsulotni  ishlab  va 

realizatsiya  qilish  bilan  bog‘liq  xarajatlarga  yoki  davr  xarajatlariga  aytiladi.  Ularga 

xom-ashyo,  material,  yoqilg‘i,    amortizatsiya  ajratmasi,  ishchi  -  xizmatchilarga  ish 

haqi va mahsulot ishlab  chiqarish bilan  bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi. 

Tannarx  kо‘rsatkichi  korxona  faoliyatida  muhim  sifat  kо‘rsatkichlaridan  biri 

hisoblanadi.  U  qancha  past  bо‘lsa,  ishlab  chiqarish  rentabelligi  shuncha  yuqori 

bо‘ladi.  Tannarxga  korxonaning  hamma  xarajatlari  qо‘shilmaydi,  ba’zi  xarajatlari 

boshqa  manbalar  hisobidan  qoplanadi.  Masalan,  foyda  hisobidan  davr  xarajatlari 

qoplanadi. 

Mahsulot  ishlab  chiqarish  xarajatlari  xarajat  kalkulyatsiya  moddalari 

bо‘yicha  ishlab  chiqarish  turlari,  xarajatlarning  vujudga  kelish  joylari,  mahsulot 

turlari  bо‘yicha  buxgalteriya  hisobida  aks  ettiriladi.  Xarajatlarni  hisobga  olish 

hamda  mahsulot  tannarxini  kalkulyatsiya  qilishdan  asosiy  maqsad  ishlab  chiqarish  

va  sotish  bilan  bog‘liq  xarajatlarni о‘z vaqtida, tо‘laligicha va haqqoniy aniqlashdir 

va  shu  bilan  birga  ayrim  mahsulotlarning  haqiqiy  tannarxini  hisoblash  hamda 

korxona resurslari  va pul mablag‘lari  ishlatilishi  ustidan nazoratni  о‘rnatishdir. 

Xarajatlar  hisobi  tizimi  ishlab  chiqarish  xarajatlari  haqidagi  ma’lumotlarni 

asosan  ikki  harakat  yoki  maqsadda  yig‘ib  boradi.  Birinchidan  xarajatlarni  ma’lum 

bir  kategoriyalarga,  masalan,  material  xarajatlar,  mehnat  xarajatlar,  ustama 

xarajatlar  yoki  о‘zgaruvchan  va  о‘zgarmas  kabilarga  turkumlash  orqali  yig‘adi. 

Ikkinchidan,  xarajatlar  hisob yо‘nalishlari  bо‘yicha turkumlanadi.   

Ishlab chiqarish xarajatlari  hisobi yо‘nalishlari  uchta yirik  toifaga  bо‘linadi: 

  zaxiralarni  baholash uchun xarajatlar  haqidagi  ma’lumotlar; 




  qarorlar qabul qilish  uchun xarajatlar  haqidagi  axborot; 

  nazorat va tartibga  solish maqsadida xarajatlar  tо‘g‘risidagi ma’lumotlar. 

Birinchi  hisob  yо‘nalishi  zaxiralarni  baholash  maqsadida  tashkil  qilinadi. 

Ma’lumki,  zaxiralarga  ishlab  chiqarish  zaxiralari,  ya’ni  xom  ashyo,  materiallar 

kabilar,  bundan  tashqari,  sotish  uchun  mо‘ljallangan  tovarlar,  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlar  kabilar  kiradi.  Ishlab  chiqarish  korxonalari  buxgalteriya  hisobi  uchun 

muhimi,  albatta,  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlardir.  Buxgalteriya  hisobi  tizimida 

ularni  hisobga  olish  uchun  ularning  qiymat  о‘lchovlarini  aniqlash,  ya’ni  baholash 

talab  etilishi  hammaga  ma’lum,  deb  о‘ylaymiz.  Mahsulotlarni  baholash,  odatda, 

ularning  ishlab  chiqarish  tannarxi  yoki  sotish  bahosi  bо‘yicha  amalga  oshiriladi. 

Har  ikkisi  uchun  ham  mahsulotni  ishlab  chiqarish  uchun  qilingan  xarajatlar  asos 

bо‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  о‘z  navbatida  xarajatlarning  shunga  mos  turkumlanishini 

talab qiladi. 

Ikkinchi  hisob  yо‘nalishi  uchun  misol  tariqasida  stanokni  saqlash  va  undan 

foydalanish 

xarajatlarini 

keltirishimiz 

mumkin. 


Bunday  ma’lumot  taklif 

qilinayotgan  stanok  bо‘yicha  kutilayotgan  xarajatlar  bilan  solishtirish  va  tegishli 

qaror qabul qilish uchun zarurdir. 

Uchinchi  hisob  yо‘nalishi  uchun  turkumlashning  ahamiyatini  tushuntirish 

uchun  biror  bir  bо‘lim  uchun  xarajatlarning  hisobini  keltirishimiz  mumkin.  Bunday 

ma’lumot  xarajatlarni  smeta  xarajatlari  bilan  solishtirish  imkonini  beradi,  ya’ni 

nazorat va tartibga  solish maqsadida ishlatiladi. 

Xarajatlar  hisobining  yuqorida  keltirilgan  uchta  yо‘nalishi  doirasida  xa-

rajatlarni  turkumlashning  muqobil  usullarini  quyidagi  jadval  yordamida  kо‘rib 

chiqishimiz  mumkin. 




Download 317.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling