Moliyaviy hisob


Download 317.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana16.11.2021
Hajmi317.58 Kb.
#174972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Moliyaviy hisob

Kapital qo‘yilmalar 

Yo‘naltirilishiga 

 ko‘ra 

Bajarish  usuliga 

ko‘ra 

Moliyalashtirish 



manbasiga  ko‘ra 

Yo‘naltirilis higa  ko‘ra 

kapital  qo‘yilmalar 

 

Kapital  qurilishga 



Asosiy  vosita  va nomoddiy 

aktiv  sotib  olishga 

Kengaytirish,  rekonstruktsiya 

va modernizatsiya  qilishga 

Asosiy  podani  shakllantirish  va erni 

obodonlashtirishga 

Ijaraga  olingan  mulkka 

Bajarish usuliga ko‘ra 

Pudrat usulida 

Xo‘jalik  usulida 



O‘zbekiston  Respublikasi  buxgalteriya  hisobining  17-sonli  “Kapital  qurilishga  oid 

pudrat shartnomalari”  nomli  milliy  standartida belgilab  berilgan. 

Pudrat  usulida  qurilish  montaj  ishlarini  ixtisoslashgan  pudrat  qurilish  montaj 

tashkilotlari  olib  boradi,  bunda  ikki  tomon  bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga 

kirishib,  ularning  о‘zapo munosabatlari pudrat shartnomasi bilan  belgilanadi.   

Kapital  qо‘yilmalarning  texnologik  tuzilmasi  qurilish  va  montaj  ishlari  bilan 

bog‘liq  hamda  asosiy  vositalar  ob’ektlarini  sotib  olishga,  shuningdek,  boshqa 

kapital  ishlar  va xizmatlar  uchun qilingan  xarajatlar  tarkibi  va nisbatini  anglatadi. 

Kapital 

qо‘yilmalar,  xususan  kapital  qurilish  xarajatlari  qurilishga 

ixtisoslashgan  xо‘jaliklarda  2010  –  “Asosiy  ishlab  chiqarish”  schyotida  qurilish 

asosiy  faoliyat  yо‘nalishi  qurilishga  ixtisoslashmagan    boshqa  sohalarda  qurilish 

xarajatlari  agar  о‘zini    yordamchi  ishlab  chiqarishi  kuchi  bilan  xо‘jalik  usulida 

bajarilganda  2310  –  “Yordamchi  ishlab    chiqarish”    sintetik  schyotini  tegishli 

analitik  schyoti    boshqaruv  hisobida    hisobga  olinsa,  pudrat  usulida  pudratchilar 

bilan  shartnoma  asosida  qurilayotgan    binolar  inshootlar  va  boshqa  qurilish  – 

ta’milash  ishlari    0800  –“Kapital  qо‘yilmalarni  hisobga  oluvchi  schyotlar”  sintetik 

schyotining      0810  –“Tugallanmagan  qurilish”  schyotida    moliyaviy  hisobda 

hisobga  olib  boriladi.  Bundan  shunday  xulosa  chiqadiki,    kapital  qurilish  ishlari 

kapital  qо‘yilmalarini  bir  qismi  bо‘lib  ishlab  chiqarish    faoliyatini  tavsifiga  kо‘ra 

ular  turli  xо‘jaliklarda  turlicha;  ba’zilarda  moliyaviy  hisobda  ba’zilarida  esa,  

boshqaruv  hisobida  mukammal  hisob  olib  borishlari  kerak.  1-ilovada  qurilish 

xarajatlarini    turli  shakldagi  xо‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  hisobga  olinishi 

kо‘rsatilgan. 

1-ilovada  jadvalida  kо‘rastilgandek  qurilish  tashkilotlarida  va  qurilish 

xujalik  usulida  olib  borilayotgan  xо‘jalik  yurutuvchi  sub’ektlarda    qurilish  bilan 

bog‘liq  xarajatlari    asosiy  ishlab  chiqarish    2010  schyotda  qurilish  tashkilotlarida 

2310  yordamchi  ishlab  chiqarish  schyotda  (faoliyati    qurilish  bilan    bog‘liq 

bо‘lmagan  qurilish  ishlari  xо‘jalik  usulida  olib  boriladigan  xо‘jalik  yurituvchi 

sub’ektlarda)    boshqaruv  hisobini  hisob  ob’eti  sifatida  qaralishi  va    faoliyati 

qurilishi  bilan  bog‘liq  bо‘lmagan  qurilish  pudrat    usulida  olib  borilayotgan 



xо‘jaliklarda  qurilish  xarajatlari  0810  –  “Tugallanmagan  qurilish”  schyotida 

moliyaviy  hisobini  ob’ekti  sifatida    qaralsa  maqsadga  muvofiq  bо‘ladi.  Shunda 

kapital  qurilish  bо‘yicha  barcha  xarajatlarni  tо‘g‘ri  hisobini  yuritish  va  aniq 

ma’lumotlar  asosida  tahlil  qilish  jarayonlarini    takomillashtirish  imkoniyatlari 

yaratiladi 

Hisobga  olishda  kapital  qо‘yilmalar  takror  ishlab  chiqarish  strukturasining 

yо‘nalishlari,  texnologik  struktura,  mо‘ljallanishi,  xalq  xо‘jalik  tarmoqlari,  

ishlarni  bajarish usuli,  mablag  bilan  ta’minlash  manbalariga  kо‘ra guruhlanadi. 

Takror  ishlab  chiqarish  strukturasining  yunalishlari  bо‘yicha  kapital 

qо‘yilmalar  yangi  qurilishi,  kengaytirish,  ta’mirlash,  texnik  qayta  jihozlash  va 

ishlab turgan  korxonalar quvvatlarini  saqlashga ajratiladi. 

Yangi  qurilishga  yangitdan  tashkil  etilayotgan  korxonalar,  binolar  va 

inshootlar,  shuningdek  ishga  tushirilgandan  sо‘ng  mustaqil  balansda  bо‘ladigan, 

yangi  maydonchada  yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  yaratish  maqsadlarida  filial 

va  ayrim  ishlab  chiqarishlarda  amalga  oshiriladigan    asosiy,  yordamchi  va  xizmat 

kо‘rsatish maqsadlaridagi  ob’ektlar kompleksining  qurilishi  kiritiladi. 

Ishlab  turgan  korxonalarni  kengaytirish  deganda  ishlab  turgan  korxona 

(inshoot)larda  qо‘shimcha  ishlab  chiqarishlarni  qurish,  shuningdek  ishlab  turgan 

korxona  xududi  yoki  unga  qо‘shni  maydonchada  qо‘shimcha  yoki  yangi  ishlab 

chiqarish  quvvatlarini  yaratish  maqsadlarida  ayrim  tsexlar  yoki  asosiy,  yordamchi 

va  xizmat  kо‘rsatishga  mо‘ljallangan  ob’ektlarni  qurish  va  ishlab  turganlarni 

kengaytirish  tushuniladi. 

Korxonalarning  foydalanishga  topshirilgandan  keyin  mustaqil  balansda 

bо‘lmaydigan  filiallarning  qurilishi  ham  ishlab  turgan  korxonalarni  kengaytirish 

qatoriga kiritiladi. 

Ishlab  turgan  korxonani  kengaytirish,  uning  ishlab  chiqarish  quvvatini 

(unumdorligi,  о‘tkazish  qobiliyati,  bino  yoki  inshootning  sig‘ishini)  kо‘raytirish 

ishlari  yangi  qurilish  yо‘li  bilan  shunday  quvvatlar  yaratishdan  kо‘ra  qisqaroq 

muddat va kam xarajatlarda  amalga  oshirilishi  lozim. 

Ishlab  turgan  korxonalarni  ta’mirlash  deganda  asosiy  va  yordamchi  va 




xizmat  kо‘rsatishga  mо‘ljallangan,  ishlab  turgan  tsex  va  ob’ektlarni  ishlab 

chiqarshni  takomillashtirish  va  ularni  texnik  –  iqtisodiy  darajasini  oshirish 

maqsadlarida  qayta  qurish  tushuniladi.  Bu  odatda  asosiy  maqsaddagi  bino  hamda 

inshootlarni  kengaytirmay  amalga  oshiriladi. 

Texnologik  strukturasiga  kо‘ra  kapital  qо‘yilmalar  qо‘yidagi  ish  va  xarajat 

turlari  qiymatidan  tarkib topadi. 

-  qurilish  ishlarining  barcha turlari: 

-  uskunalar  natijasi  bо‘yicha ishlar: 

-  qurilish  smetalarida  nazarda  tutilgan  uskunalar  xarajatlari  (montaj  talab 

qiladigan  va qilmaydigan): 

-  qurilish  smetasiga kiritiladigan  asbob va inventarlar  xarajatlari: 

-  boshqa kapital ish va xarajatlar. 

Uskunalar  kapital  qurilishning  reja  va  hisobot  kо‘rsatkichlarida  qurilish 

smetasiga kiradigan  va kirmaydigan  uskunalarga  ajratiladi. 

1.  Qurilish  smetasiga  kiradigan  uskunalar,  ishlab  turgan  korxonalarni 

ta’mirlash,  kengaytirish,  texnik  qayta  jihozlash,  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 

saqlash  va  yangi  korxona  hamda  ob’ektlarni  qurish  loyiha  va  smetalarida  nazarda 

tutilgan  uskuna,  mashina  va  mexanizmlar  loyiha    va  smetalarga  kiritilishi  lozim 

bо‘lgan uskuna, mashina  va mexanizmlardir. 

2.  Qurilish  smetasiga  kirmaydigan  uskunalarga  mazkur  tarmoq  uchun 

loyixa  –  smeta  xujjatlarini  tuzish  tartibida  belgilanishiga  kо‘ra  smetani  yuqoridagi 

punktning  birinchi  abzatsiga kiritilmaydigan  mashina  va mexanizmlar  kiritiladi. 

-  qurilish  mashinalari,  mexanizmlar,  inventar  va  asboblar,  shuningdek 

qurilish  va montaj  tashkilotlari  transport vositalari: 

-  yig‘ma  –  razbor  qilinadigan  bino  va  inshootlarning  inventar    detallari 

komplektlari:  inventar  uylar,  qurilish,  geologiya  razvedka    va  qidiruv 

tashkilotlarining  vagon,  furgonlar  va  konteyner  tipidagi  boshqa  anjomlari  qishloq 

xо‘jaligi  korxona  va  tashkilotlarining  traktor,  kombayinlari  va  boshqa  ekin  ekish, 

er haydash hamda hosilni  yig‘ishtirishga  mо‘ljallangan  mashinalar: 

-  ta’minot – sotuv tashkilotlari  konteynerlar  va boshqalar. 




Uskunalar  montaj  talab  qiladigan  va  montaj  talab  qilmaydigan  uskunalarga 

ajratiladi. 

Montaj  talab  qiladigan  uskunalarga  faqat  ayrim  qismlari  yig‘ilgandan  keyin 

yoki  asos  va    tayanchlarga  о‘rnatilgandan  sо‘ng  ishga  tushirilishi  mumkin  bо‘lgan 

uskunalar  shuningdek,  foydalanishga  topshirish  elektrmontaj  va  ishga  tushirish  – 

sozlash ishlarini  talab qiladigan  elektron  hisoblash mashinalari  ham kiritiladi. 

Montaj  talab  qilmaydigan  uskunalarga  ishga  tushirishdan  oldin  asos  va 

tayanchga  о‘rnatishni  talab  qilmaydigan  uskunalar:  lokomotivlar,  traktorlar,  vagon, 

qishloq xо‘jaligi  mashinalari,  avtomashinalar  va shu kabilar  kiradi. 

Kapital  qо‘yilmalar  maqsadga kо‘ra hisobga olishda: 

a) 

ishlab 


chiqarish 

maqsadlaridagi 

ob’ektlar  qurilishiga  (qurilishi 

tuganlangandan  sо‘ng  moddiy  ishlab  chikarish  soxasi:  sanoat,  qishloq  xо‘jaligi, 

transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan  ob’ektlar)  

b)  noishlab  chiqarish  maqsadlaridagi  (turar  joy  va  kommunal  xо‘jalik 

sog‘liqni  saqlash  muassasalari,  ijtimoiy  ta’minot,  xalq  ta’limi  va  boshqa) 

ob’ektlarga ajratiladi. 

Iqtisodiyot  tarmoqlari  bо‘yicha  kapital  qо‘yilmalar  sanoat,  qishloq  xо‘jaligi, 

qurilish,  transport,  sog‘liqni  saqlash,  xalq  ta’limi  va  boshqa  tarmoqlardagi  kapital 

qо‘yilmalarga  ajratiladi. 

Qurilish  montaj  ishlarini  bajarish  usuliga  kо‘ra  kapital  qо‘yilmalarga  

ajratiladi. 

Pudrat  usulida  qurilish  montaj  ishlarini  ixtisoslashgan  pudrat  qurilish  montaj 

tashkilotlari  olib  boradi,  bunda  ikki  tomon  bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga 

kirishib,  ularning  о‘zaro  munosabatlari  pudrat  shartnomasi  bilan  belgilanadi. 

Kapital    qо‘yilmalar  mablag‘  bilan  ta’minlashning  qо‘yidagi  manbalari  asosida 

hisobiga amalga  oshiriladi: 

Korxona  va  tashkilotlarning  о‘z  mablag‘lari,  byudjet  mablag‘lari  va  bank 

kreditlari:  davlat  kapital  qо‘yilmalar  limitidan  tashqari  amalga  oshiriladigan  kapital 

qо‘yilmalar  bо‘yicha  hukumat  tomonidan  shu  maqsadlarga  yо‘llashga  ruxsat 

etilgan  mablag‘ bilan  ta’minlashning  markazlashgan  manbalari  va boshqalar. 




 


Download 317.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling