Moliyaviy hisob


 Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning


Download 317.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana16.11.2021
Hajmi317.58 Kb.
#174972
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Moliyaviy hisob

2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning 

maqsadi hamda vazifalari 

 

Korxonalarda 

xarajatlarni 

boshqarish 

eng 

qiyin  jarayonlardan  biri 



hisoblanadi.  Chunki  u  ahamiyati  bо‘yicha  xо‘jalik  yurituvchi  sub’ektning 

faoliyatini  boshqarish  majmuasi  deb  tushuniladi,  vaxolanki  ishlab  chiqarish 

jarayonida  sodir bulayotgan vokealar  va muomalalarni  uz ichiga  qamrab olgandir. 

Xarajatlarni  hisobga  olish  bu  tegishli  xо‘jalik  yurituvchi  sub’ektning 

faoliyati  ta’minot,  ishlab  chiqarish  va  mahsulot  (ish,  xizmat)larni  sotish-

iste’molchiga  etkazib  berish  jarayonlarida  sodir  bо‘lgan  voqealarni  miqdoriy 

о‘lchash  (miqdor  va  qiymat  о‘lchovida),  qayd  qilish,  guruhlashtirish,  tayyor 

mahsulotlar  tannarxining  tarkib  topishi  chegarasi  bо‘yicha  tahlil  qilishga  qaratilgan 

faoliyatdir.   

Hisob  tizimi  xarajatlarni  ma’lum  toifalarga  kо‘ra  tasniflab  yig‘adi. 

Buxgalterlar  mahsulot  tannarxiga  kiruvchi  xarajatlar  va  hisobot  davri  sarflarini 

tasniflaydilar.  Mahsulot  tannarxiga  qayta  sotish  uchun  sotib  olingan  yoki  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlarga  oid  xarajatlar  kiritiladi.  Korxonada  bu  xarajatlar  tayyor 

mahsulot  yoki  tugallanmagan  ishlab  chiqarishning  tannarxini,  uning  sotilishi 

paytigacha  belgilashda  hisobga  olinadigan  mahsulot  birligining  tannarxi  bо‘ladi. 

Mahsulot  sotilgandan  keyin  foydani  hisoblash  uchun  bu  sarflar  sotishdan  tushgan 

tushumlar  bilan  qiyoslanadi.  Hisobot  davrining  xarajatlari  zahipalarni  baholashda 

hisobga  olinamaydigan  sarflar  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ular  sodir  bо‘lgan 

davridayoq xarajat  sifatida  tan olinadi.   

Mahsulot  tannarxini    tо‘g‘ri  rejalashtirish,  hisoblash  va  tahlil  etish  hamda 

uning  pasayish  manbaalarini  aniqlash  maqsadida  faqat  umumiy  xarajatlarnigina 

emas, balki  ularning  tarkibiy  qismlarini  ham bilish  muhimdir.   

Ishlab  chiqarish  xarajatlari  hisobi  tizimi  –  bu  ishlab  chiqarish  xarajatlarini 

umumlashtirish  usullari  hamda  kutilayotgan  samaradorlik  va  amaldagi  me’yorlarni 

xarajatlar  bilan  taqqoslash, nazorat qilishda ruy beradigan  о‘zaro bog‘liqlikdir.  

Buxgalteriya  hisobining  xalqaro  nazariyasi  va  amaliyotida  ishlab  chiqarish 

jarayonini  ob’ektivligini  va  tezkorligini  ta’minlaydigan  axborotlarni  olish  muhim 



Xarajatlarni  hisobga  olish va 

kalkulyatsiya  usullari 

Xarajatlar   

hisobining 

 to‘liqligi 

Xarajatlar  hisobi 

ob’ektlari 

Xarajatlar  hisobi 

operativligi  va   

nazorati 

To‘liq 

tannarxni 

kalkulyatsiya 

qilish 


To‘liq 

bo‘lmagan 

(marjinal) 

tannarxni 

kalkulyatsiya 

qilish 


Haqiqiy 

tannarx   

hisobi 

Normativ 

xarajatlar 

hisobi 


Xarajatlar  hisobining 

jarayonli   

usuli 

Xarajatlar  hisobining   



bo‘linmali   

(oddiy)usuli 

Xarajatlar  hisobining 

buyurtmali 

 usuli 

ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  “boshqaruvning  barcha  bosqichlarida  xarajatlar 

tо‘g‘risidagi axborotlar ahamiyatli  omildir”

8

.   



Amerika  olimlari  ushbu  funktsiyalarni  quyidagicha  belgilaydi:  1)  sotuvga 

mо‘ljallangan  buyumlarni  normal  yoki  qoniqarli  sotish  baholarini  belgilash;  2) 

baho  kamaygan  paytda  uning  minimal  chegarasini  belgilash;  3)  mahsulotlarning 

qaysi  turlari  kо‘proq  yoki  kamroq  daromad  keltirishini  aniqlash;  4)    zaxiralarni 

nazorat  qilishni  yо‘lga  qо‘yish;  5)  zaxiralarning  bahosini  belgilash;  6)  turli  ishlab 

chiqarish  jarayonlari  samaradorligini  nazorat  qilish;  7)  bо‘lim,  tsexlar  faoliyatining 

samaradorligini  nazorat  qilish;  8)  zararlar,  yо‘qotishlar  va  kamomadlarni  aniqlash; 

9)  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  va  bog‘liq  bо‘lmagan  xarajatlarni  ajratish;  10) 

moliyaviy  hisob bilan  bog‘lash.

9

  




Download 317.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling