Moliyaviy hisob
Download 317.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy hisob
Xulosa
Kapital xarajatlar hisobi va obyekt tannarxini aniqlashni takomillashtirish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari quyidagi xulosalar qilishga imkon beradi:
Bitiruv malakaviy ishida kapital qurilish xarajatlarining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bevosita va bilvosita xarajatlar iqtisodiy elementlari b о‘yicha tasniflab kо‘rsatilgan. Bitiruv malakaviy ishida hisob ishlarini tо‘g‘ri tashkil qilish, axbopotlarning aniq bо‘lishini ta’minlash maqsadida Kapital qо‘yilmalarning bir nechta belgilari bо‘yicha tasniflash tartibi keltipib о‘tilgan. Ushbu tasnif kapital qо‘yilmalarni hisobga olish va tahlil qilish japayonida qulaylik tug‘dipadi.
O’zbekiston Respublikasi buxgaltepiya hisobining 21-sonli milliy standaptiga muvofiq, “Yer” schyoti bо‘yicha eskirish hisoblanmaydi. Agar yerga eskirish hisoblanmasa, uning qiymatini hosil qiluvchi xarajatlar qaysi manba hisobidan qoplanishi, qaysi schyotlarda aks ettirilishi, 0211-“Obodonlashtirilgan epning eskirishi” schyotida amoptizatsiya qaysi usulda hisoblanishini aniqlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Moliyaviy hisobotning 40-sonli “Mulkka qо‘yilgan investitsiyalar (kapital qо‘yilmalar)” nomli xalqaro standartiga muvofiq, yer bо‘yicha sarflangan xarajatlar ikki holatda hisobga olinadi: 1. Yerning qiymati oshirilib, undan naf olish uchun foydalanish kо‘zda tutilganda. 2. Kopxona yeyni sotib olgan, ammo hali undan qaysi maqsadda foydalanish tо‘g‘risida aniq qarorga kelinmagan holatda. Taklifimizcha, ushbu xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli BHMSdagi 0800- “Kapital qо‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” tarkibida ham yer maydonlariga sarflangan xarajatlarni hisobga olish uchun schyotlar ochish va ular hisobini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish
zarur. 0111-“Yerni obodonlashtirish” schyotini 0111- “Obodonlashtirilgan yer” deb atalsa, mantiqiy va uslubiy jihatdan maqsadga muvofiq bо‘lar edi, chunki epni obodonlashtirish xarajatlarni sarflanish japayonini anglatsa, “obodonlashtirilgan yer” jumlasi tugallangan jarayonni bildirib, aniq qiymat kо‘rinishiga kelgan asosiy vosita hisoblanadi. “Yerni obodonlashtirish” jarayoni esa 0800-“ Kapital qо‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar”da о‘z о‘rniga ega. Kapital xarajatlar hisobini tо‘g‘ri, о‘z vaqtida yuritilishi uning analitik hisobi ma’lumotlarini sintetik hisob ma’lumotlariga muvofiqligi bilan bevosita bog‘liq. Kapital xarajatlar hisobini tо‘g‘ri yuritilishi natijasida ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchilar, boshqaruv xodimlari va tekshiruvchilar uchun asos bо‘la oladigan ma’lumotlar bazasi vujudga keladi. Bu о‘z navbatida hisob-kitob va tahlil ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Download 317.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling