tashkiloti ob’ektni zarur materialllar bilan ta’minlashi, shuningdek ularning
saqlanishi va qurilish ob’ektigacha tashilishini tashkil qilishi kerak.
Buyurtmachining о‘z omborida pudrat tashkilotiga berish majburiyatini olgan
3600000 sо‘mlik materialllar, shu jumladan QQS — 600000 sо‘m mavjud.
Bu holda buyurtmachi materialllarni pudratchiga alohida oldi-sotdi
shartnomasi bо‘yicha sotishi kerak. Pudratchi buyurtmachi-etkazib beruvchiga
tо‘langan QQS summasini hisobga kiritadi.
Pudratchi uchun tsexning umumiy smeta qiymati 30000000 sо‘m QQS
solinadigan aylanma hisoblanadi. QQS summasi 6000000 sо‘mni tashkil etadi
(30000000 x 20%). Shu tariqa QQS bilan ishlar hajmi 36 000 ming sо‘mni tashkil
etadi.
Buyurtmachi asosiy vositalar ob’ektini 36000 ming sо‘mlik qiymat bо‘yicha
kirim qiladi. Bunda buyurtmachida о‘z qurilishi uchun materialllarni sotish savdo
operatsiyasi sifatida qaralmaydi, undan olingan foyda esa boshqa daromad
hisoblanib, unga umumbelgilangan tartibda soliq solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: