Korxona iqtisodiyoti va moliyasi Fanning maqsad vazifalari tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va uning vazifalari
Tadbirkorlik tushunchasining mazmuni uning to’rtta o’zaro bog’liq vazifasini aniqlash bilan ochiladi
Download 322.97 Kb.
|
1493192742 66330
Tadbikorlikning biznesdan farqi
Tadbirkorlik tushunchasining mazmuni uning to’rtta o’zaro bog’liq vazifasini aniqlash bilan ochiladi.1.Tadbirkor o’ziga tovar ishlab chiqarishning yagona jarayonida, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarini bir joyga keltiruvchi vositachi hisoblanadi.2.Tadbirkor biznesni yuritish jarayonida o’ziga asosiy qarorlar qabul qilishdek qiyin vazifani oladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.3.Tadbirkor-bu yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida kiritishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi.4.Tadbirkor-taxlika (risk)ga boruvchi inson. Buni uning boshqa uchta vazifasini chuqur o’rganish ko’rsatadi. Bozor munosabatalariga asoslangan jamiyatda tadbirkorga foyda kafolatlanmagan. Uning sarflangan vaqti, kuchi va qobiliyati foyda yoki zarar bilan taqdirlanishi va hatto u sinishi ham mumkin. qisqacha aytganda tadbirkor na faqat o’zining vaqti, mehnati va ishchanlik layoqati, balki o’zi yoki o’z aktsionerlari ishlab chiqarishga qo’ygan mablag’lar bilan tahlikaga boradi.
Download 322.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling