Korxona loihasini tuzish qurulishga bo'lgan xavfsizlik talablari


Download 44 Kb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi44 Kb.
#1788454
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KORXONA LOIHASINI TUZISH QURULISHGA BO\'LGAN XAVFSIZLIK TALABLARI


KORXONA LOIHASINI TUZISH QURULISHGA BO'LGAN XAVFSIZLIK TALABLARI
Reja:

  1. Loyihalashdagi umumiy xolatlar.

  2. Loyihalash bosqichlari.

  3. Loyihalash vazifasi.

  4. Texnik loyiha.

  5. Ishchi chizmalar.

  6. Namunaviy loyiha.

  7. Texnologik loyihalash usullari.

  8. Korxonaning unumdorligini oshirish.

  9. Yangi texnologik sxemaga o’tish.

  10. Ishlab chiqarish quvvati.

Fanning maqsadi va vazifalari
Ushbu fan oziq-ovqat sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi o’quv rejasiga kirgan asosiy fanlardan biri bo’lib soxani egallashdagi fanlar qatoriga kiradi va oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishida qo’llaniladigan texnologik asbob-uskuna, qurilmalarning tuzilishini, ishlashini va korxonalarini loyixalash asoslarini o’rganadi.
Loyihalashdagi umumiy xolatlar
O’zbekiston Respublikasi axolisining sifatli oziq-ovqat mahsulotlarga bo’lgan extiyojini kondirish uchun oziq-ovqat korxonalari o’zining ishlab chiqarish bazasini intensiv kengaytirib bormoqda. Buning uchun yetakchi texnika va uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan texnologiyalar bilan jixozlangan korxonalar barpo etilmoqda. Yangi zavod va tsexlarni qurish bilan birga mavjud zavodlarni yangi texnologiyalar bo’yicha rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Zavod yoki tsexni sifatli qilib qurishning asosiy shartlaridan biri muqammal ishlangan va texnik tekshiruvdan o’tgan loyiha hhisoblanadi.
Sanoat korxonalari loyihasini, iqtisodiy, energetik issiqlik va boshqa texnik hisob-kitoblar, texnologik sxemalar, chizmalar, korxona qurilishi va uskuna montajlari uchun sarf-harajatlar, rejalar smetalari va xokazolar tashkil etadi.
Loyihalash bosqichlari
Sanoat korxonalarining loyihalash 2 bosqichda: loyihalash vazifasi va ishchi chizmalar, yoki 3 bosqichda olib boriladi: loyihalash vazifasi, texnik loyiha va ishchi chizmalar.
Loyihalash vazifasi taklif qilinayotgan qurilishning mavjud joyda boshlangan muddatda bajarilishini texnik imkoniyatlar va iqtisodiy jixatdan zarurligini e‘tiborga olib ta‘minlaydi. Loyihalash vazifasi qurilish uchun maydonni tug’ri tanlab qurilish uchun zarur bo’lgan xom ashyo, yoqilg’i, suv, energetik harajatlarni manbasini ko’rsatib beradi. U loyihalanayotgan ob’ektning asosiy texnik xulosalariga asoslanib qurilishning narxi va asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini belgilaydi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling