Korxona loihasini tuzish qurulishga bo'lgan xavfsizlik talablari


Download 44 Kb.
bet4/5
Sana20.11.2023
Hajmi44 Kb.
#1788454
1   2   3   4   5
Bog'liq
KORXONA LOIHASINI TUZISH QURULISHGA BO\'LGAN XAVFSIZLIK TALABLARI

Yangi texnologik sxemaga o’tish
B’azan zavodda ishlatilayotgan uskunalar va qabul qilingan texnologik sxema eskirib qolganligi, zavod ishlayotgandan beri yangi texnologik sxemalar, yangi texnologik jarayonlar, uskunalarning yangi turlari paydo bo’lib, ular yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar berayotganligi uchun korxona rekonstruktsiya qilinadi. Bu turdagi rekonstruktsiya – qayta texnik jixozlanish deyilib, mahsulot miqdorini oshiradi, tan narxi kamaytiradi, nobudgarchilikni pasaytiradi, qushimcha materiallar sarfini qiskartiradi (bug’, suv, elektr energiya, ishchi kuchi), mexnat sharoitlarini yengillashtiradi, mexnat jarayonini davriydan uzluksiz xolatga o’tkazadi, sanoat operatsiyalarini avtomatlashitiradi va umuman olganda sanoat madaniyatini oshiradi.
Rekonstruktsiyaning bu turi yog’-moy sanoatida keng qo’llaniladi. Bir xil xollarda yangi texnologik sxemaga o’tkazish bo’yicha rekonstruktsiya zavodning quvvatini oshirish bilan yakunlansa, boshqa bir xollarda bunday bo’lmasligi ham mumkin. Bu har bir xususiy xolga tegishli iqtisodiy muloxazaga bog’liq.
Hamma xollarda, zavod rekonstruktsiya bilan yangi texnologik sxemaga o’tadigan bo’lsa, yangi sxema tanlash rekonstruktsiyalash loyihalashda xuddi yangi zavod loyihalanayotgandek asoslanishi kerak.
Rekonstruktsiya qanday maqsadni ko’zlamasin, loyiha yakunida uning iqtisodiy effekti hisoblangan bo’lishi shart.
Ishlab chiqarish quvvati
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati
Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligida uning tsexlarida ishlab chiqarilgan mahsulotning maksimal miqdoridir.
Aloxida olingan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish quvvati ularga moslashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatizatsiyalashtirilgan liniyalar (sabzavotli ikra, mevali sharbatlar, pomidor qiyla, ishlab chiqarish liniyalar) ning texnik quvvati asosida hisoblanadi. Liniyalarning quvvati asosiy uskunalarning quvvatiga ko’ra aniqlanadi. Asosiy uskunalar qatoriga bug’latkich apparatlar, qovurish qozonlar, sharbat siqish uchun presslar, yopish apparatlari, sterilizatorlar kiradi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling