Korxona operatsion faoliyati tahlili
Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyat
Download 14.19 Kb.
|
Korxona operatsion faoliyati tahlili-www.hozir.org
Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyatOperatsiya – (lotincha “Operatsion” – so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni anglatadi.Faoliyat – maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni.Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan. Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi. Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir. Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir. Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir. Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir. Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik subyektining moliyaviy harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir. Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab- quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi. Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan keladi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi: Aylanma mablag‘lar miqdori; resurslarni safarbar qilish yo‘llari; moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish usullari; sarf-xarajatlarni optimallashtirish; asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish; tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish; sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar. Download 14.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling