Korxona operatsion faoliyati tahlili
Operatsion leveridj tahlili
Download 14.19 Kb.
|
Korxona operatsion faoliyati tahlili-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion risklar va ularni
Operatsion leveridj tahliliHar bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida, albatta moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Foydani ko‘paytirishga yo‘naltirilgan aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda leveridj kategoriyasi bilan harakatlanadi. Leveridj bu tom ma’noda og‘ir narsalarni o‘zgartira oladigan ma’lum bir kuch (yelka) bo‘lib, uning yordamida nisbatan og‘ir yuklarni joyida ko‘chirish mumkin. Iqtisodiyotga tatbiq qilganda u uncha katta bo‘lmagan o‘zgarish natijaviy ko‘rsatkichning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keluvchi mil sifatida qaraladi. Mahsulot tannarxining asosiy elementlari o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‘lishi mumkin. Bu farq korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. Mahsulot tannarxining o‘zgarishi umumiy soha daromadni o‘zgartirishga olib keladi. Asosiy vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‘sishiga va o‘z vositalarni xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq bu o‘zgaruvchanlik to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun ham doimiy va o‘zgaruvchan harakatlarning optimal nuqtasini talab etiladi. Ushbu bog‘lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil etadi.Operatsion leveridj – bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini tuzilmalarini o‘zgarishi natijasida yalpi foydaga ta’sir ko‘rsatishning potensial imkoniyatidir.Operatsion leveridj ko‘pincha ishlab chiqarish leveridji deb ham yuritiladi.Qiymat bo‘yicha operatsion leveridj quyidagi formula orqali hisob kitob-qilinadi: Or=V/P; Or=(F+Xo‘+Xd)/F=1+Xo‘/F+Xd/F. Bu yerda: Or-operatsion richag;F- sotishdan foyda;Xo‘-o‘zgaruvchan xarajat;Xd-doimiy xarajat.Natura shaklidagi operatsion richag quyidagi bog‘lanishda topiladi:Or=T-Xo‘/ F. Operatsion risklar va ularniboshqarish. Ishlab chiqarish leveridji faqatgina bir xil ishlab chiqarishningzaxiraviy darajasiga ega bo‘lgan korxona uchun ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkichning ko‘proq ahamiyati yuqori texnika-texnologiya bilan qurollangan korxonalar uchun xarakterlidir. Aniqroq qilib aytganda, korxonaning o‘zgaruvchan xarajatlariga qaraganda qanchalik doimiy xarajatlarning yuqori bo‘lishi, ishlab chiqarish leveridjining yuqoriligidan dalolat beradi. Shunday qilib, o‘zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish maqsadida o‘zining texnika-texnologiya bilan qurollanganlik darajasini yaxshilashda, korxonada texnika-texnologiya ishlab chiqarish leveridjini o‘sishiga olib keladi. Yuqori darajadagi tijoriy leveridjga ega bo‘lgan korxona ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan ko‘proq tavakkalchilikka (riskka) ega bo‘ladi. Bu risk-umumiy foydani to‘liq ola olmaslikni ifodalaydi.Shu sababli, bugungi kunda risklarni aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq metodika ishlab chiqilmagan va u har bitta korxonaning faoliyat, boshqaruv funksiyalari ijrosidan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada yuritilmoqda.Risklarni modellashtirish yuzasidan turli modellari ishlab chiqilgan. Ularning tarixiy qiymatga bog‘langan, statistik tahlil, tajriba modellarini tarkiblash mumkin. Operatsion risklar bo‘yicha axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish; - risklarning muhim indikatorlari monitoringi; - baholash; - biznes jarayonlar reglamenti; Qonunchilik normalariga amal etilishi nazorati; informatsion texnologiyalarning risk nazorati; xodimlarni o‘qitish, rag‘batlantirish va motivlashni tako- millashtirish; biznes jarayonlarni avtomatlashtirish; Operatsion risklar bo‘yicha ichki hisobotni tartibi; - faoliyat uzluksizligini ta’minlash rejalarini tuzib chiqish; - operatsion risklar sug‘urtasi; - alohida funksiyalarning autsorsingi. Operatsion risklarni boshqarish yuzasidan quyidagi usullardan foydalaniladi: Download 14.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling