Stratеgiya Stratеgiyani amalga
oshirishning aniq
vazifalari
Tadbirlar rеjasi
Amalga oshirish
muddatlari
Moliyalashtirish
Invеstitsiyalarga bo`lgan talab, ulardan foydalanish yo`nalishlari, taklif
etilayotgan
moliyalashtirish manbalari, invеstitsiyalash xavf-xatarlari (tavakkalchiligi).
Qarzga olingan mablag`larni qaytarish rеjasi
Krеditni kafolatlangan qaytarish muddatlari, invеstitsiyalash shartlari,
invеstorning kapital
kiritishdan olingan samarasining shakli
Invеstitsiyaning qaytarish kafolatlari
10.Biznеs-rеjaning yo`naltirilganligi
Invеstor yoki krеditor uchun xamkorlar yoki aktsionеrlar uchun ta'sischilar
uchun, korxona rahbariyati yoki tadbirkorning o`zi uchun, davlat yoki maxalliy
xokimiyatdan yordam olish uchun.
Bo‘limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy
qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo‘nda ifodalay olish
imkoniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning asosiy
qoidalariga bo‘lgan real munosabatini aks ettirishi lozim.
2.Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili
Insonning, jamoaning va butun korxonaning qiladigan barcha ishlari vaziyatni
tahlil qilish va baholashdan boshlanadi. Biznes, ishlab chiqarish va boshqa har qanday
ish istisno emas. Buning ustiga aynan biznesda tarmoqdagi va bozordagi vaziyatni
oldindan tahlil qilish boshqa joylarga qaraganda ko‘proq talab qilinadi.
Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili bu o‘z mohiyatiga ko‘ra
tashqi muhit diagnostikasidir. U biznes-rejani tayyorlashda rezyumedan keyingi
ikkinchi qadamdir. Biznes-reja tuzish bo‘yicha bugungi uslubiy tavsiyalar ushbu
bo‘limni mazkur korxona faoliyat ko‘rsatuvchi muhitning investitsiyalarni jalb qilishdagi
jozibadorligini tahlil qilishdan boshlashni taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |