Korxona tavsifi va uni baholash Reja
Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim
Download 457.93 Kb. Pdf ko'rish
|
9 MAVZU
Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim:
tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va hokazo); mavsumiylik; tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, xalqaro); mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari; tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari; tarmoq bozorining tuzilmasi, sig‘imi va uning o‘zgarish tendentsiyalari; korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillari (yangi iste‘molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo‘lish ehtimoli). Tarmoq va biznes sohasi to‘g‘risida qaror qabul qilish tadbirkorning o‘zi uchunham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat sohasining rivojlanish tendentsiyalarini to‘liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Tarmoqning jahon mehnat taqsimotida va xalqaro bozorda tutgan o‘rni, uning eksport imkoniyatlari, shuningdek, xalq xo‘jaligining ushbu tarmoq mahsulotlari qiziqish uyg‘otuvchi boshqa tarmoqlari bilan ishlab chiqarish-texnik aloqalari haqidagi ma‘lumotlar foydali hisoblanadi (6.1-rasm). 6.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyati sohasini tanlashning asosiy omillari. Tarmoqning kompleks tahlilini va uning jozibadorligini baholashni MDH davlatlari uchun Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ishlab chiqilgan in- vestitsiyaviy loyihalashtirishda ma‘lumotlarini to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish bo‘yicha takliflarda berilgan uslub orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Nazariyaning kontseptual xulosalaridan biri shundan iboratki, eng yirik korx- onalar bozordagi kattagina ulush bilan bir tomondan va unchalik katta bo‘lmagan ix- tisoslashgan kichik korxonalar ikkinchi tomondan ko‘zlagan foydalilik darajasiga er- ishish uchun imkoniyatga egadirlar. Tanlash omillari Tadbirkorning bilimi, tajribasi va qobiliyati Faoliyat sohalari Xamkorlik va koopеratsiyanin g maqsadga muvofiqligi Bozor xolatining taxlili Biznеsning tashqi va ichki muxiti Biznеsning maqsadlari Huquqiy va iqtisodiy chеklanish Iqtisodiy kon'yuktu ra Har qanday davlatda biznesning taqiqlangan sohalari (kontrabanda, pornografiya va boshqalar) hamda davlat monopoliyasi bo‘lgan faoliyat turlari (qurol-yarog‘, zaharli kimyoviy moddalar, narkotik moddalar) mavjud bo‘ladi. Ko‘plab tadbirkorlar uchun u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy va boshqa turdagi to‘siqlar yuzaga kelib, ular odatda boshlang‘ich kapital darajasining yuqoriligi, kiritilgan mablag‘larning o‘zini qoplash muddati uzoqligi va foyda olishdagi noaniqliklarga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining davriylik (o‘sish turg‘unlik, pasayish) ta‘siriga uchrashi sababli yuzaga kelgan bozor kon‘yunkturasini ham hisobga olish lozim. Biznes-rejani muvaffaqiyatli amalga oshirishda bozorni to‘g‘ri aniqlashdan tashqari uning hali egallanmagan yoki raqobatchilar tomonidan to‘liq foydalanilmagan qismini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya‘ni ma‘lum bir iste‘molchilarga yo‘naltirilgan va tadbirkorga o‘z imkoniyatlaridan samraliroq foydalanish imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik faoliyati sohasini ifodalovchi «bozor qismi»ni topish muhim. Uning hajmi bozor segmenti sig‘imidan kichik bo‘lib, unda raqobatchilar kam bo‘lishi lozim. Bu bozordan joy qidirish va uni egallash jarayonining mohiyatini aks ettiradi. Ushbu jarayonni iste‘molchilar doirasi aniq belgilangan holda faoliyat sohasi miqyosini tanlash sifatida belgilash mumkin bo‘lib, u muayyan tadbirkorning xususiyatlari va ustunliklariga mos keladi. Download 457.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling