Korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategyasi


Qiziqtirish (motivatsiya)


Download 53.03 Kb.
bet2/16
Sana03.02.2023
Hajmi53.03 Kb.
#1150450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-33IQTSGuruh TalabasiKorxona vatashkilotlarda personalni boshqarish strategyasi

Qiziqtirish (motivatsiya) tushunchasi fanda bir necha ma’noga ega. Boshqaruv nazariyasida bu o’zini va boshqalarni korxona maqsadiga erishishga qaratilgan muayyan faoliyatga qiziqtirish jarayonidir.
Psixologik nuqtai nazardan esa qiziqish xodim sub’ektiv faoliyati jarayoni, deb tushuniladi.
Qiziqtirishning boshqaruvdagi hamda shaxsiy-psixologik mazmuni o’zaro bog’liqligi personalni boshqarishda texnika tizimlarini boshqarishdan farqli o’laroq, boshqaruv ob’ekti va sub’ekti maqsadlarining muvofiqlashtirilishi bilan belgilanadi. Bunday muvofiqlashtirish turlicha tarzda amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu jarayonda albatta ikki tomon - ob’ekt ham, sub’ekt ham ishtirok etadi. Buning natijasida esa boshqaruv ob’ektining muayyan mehnat faoliyati, pirovard natijada bu faoliyatning muayyan natijasi bo’ladi.
Qiziqtirish jarayoni negizida qiziqishning moddiy, ijtimoiy-psixologik, ma’naviy, ijodiy va boshqa omillari yotadi. 9.2-rasmda menejerlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovda yaxshi mehnat qilishga nima qiziqtirishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Qiziqtirish nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin:


Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalari ehtiyoj deb nomlanuvchi, insonlarni boshqacha emas, balki xuddi shunday harakat qilishga undaydigan ichki qiziqishlarni aniqlashga asoslangan. Ushbu guruhga Abraxam Maslou, Devid Mak-Klelland va Frederik Gertsberg, Skinner Bernard nazariyalari taalluqlidir.
Jarayon bo’yicha qiziqtirish nazariyalari zamonaviyroq bo’lib, inson faoliyati modellariga asoslanadi (kutish nazariyasi. adolat nazariyasi va Porter-Louler qiziqtirish modeli).
Ushbu ikki guruh nazariyalari bir-birini istisno etmaydi, balki o’z muayyan qo’llanish sohalariga egalar. Ular mohiyatini chuqurroq anglash uchun tagzamin tushunchalar - ehtiyoj va rag’batlantirishning mohiyatini bilish kerak bo’ladi.
Ehtiyojlarni ushlab ko’rish yoki o’lchash mumkin emas. Ular to’g’risida insonlarning xatti-harakatlari orqali tasavvur hosil qilish mumkin. Ehtiyojlar faoliyat uchun qiziqish uyg’otadi.
Insonlarning xatti-harakatlari va ular bu xatti-harakatlarini uyg’otuvchi qiziqishlarni turli modellarda keltirish mumkin. Ulardan biri 9.3-rasmda tasvirlangan.


Download 53.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling