Korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategyasi


Samara = qobiliyat (bilim va tajriba) x ishga qiziqtirish


Download 53.03 Kb.
bet7/16
Sana03.02.2023
Hajmi53.03 Kb.
#1150450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4-33IQTSGuruh TalabasiKorxona vatashkilotlarda personalni boshqarish strategyasi

Samara = qobiliyat (bilim va tajriba) x ishga qiziqtirish

Inson qobiliyati uning jismoniy va bilim imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu imkoniyatlar bilan birga mehnat sharoiti.


hamda ishlashga tayyorgarlik ham samaradorlikni ta’minlaydi. Ishlashga tayyorlik esa shaxsning ishga qiziqishi va undan qanoat-lanishi, ehtiyojlari, mehnat natijalariga muvofiq rag’batlanti-rilishi bilan belgilanadi.
Ishga qiziqishni tahlil etishda qiziqtirish omillari - ehtiyoj, qiziqish sabablari (motivlari) va rag’batiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Shaxs uchun biror narsa etishmasa, u shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan aniq maqsadli harakatlar qiladi. Shuning uchun ehtiyojlar insonni faollashtiruvchi manba vazifasini o’taydi. Ehtiyojlarni faqat maqsadga erishish orqali qondirish mumkin.
Bunda birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar farklanadi. Birlamchi ehtiyojlar fiziologik tabiatga ega. Bu ovqatlanish, tashnalikni qondirish, uxlash va hokazo tug’ma ehtiyojlardir. Ikkilamchi ehtiyojlar psixologik xarakterga ega va tajriba orqali anglanadi. Bu muvaffaqiyatga erishish, hurmatga sazovor bo’lish, rahbarlik qilish, biror narsaga o’zini dahldor deb his etish ehtiyojlaridir. Insonlar orttiradigan tajriba turlicha bo’lishi sababli ularning ikkilamchi ehtiyojlari bir-birlarinikidan ko’proq darajada farqlanadi (9.7- rasm).

Ehtiyojlar rag’batlantirishlar orqali qondiriladi. Ishga qiziqtirish nazariyalarida rag’batlantirish shunchaki pul va imtiyozlardan ancha kenfoq ma’no kasb etadi. Rag’batlantirish inson o’zi uchun qadrli deb hisoblaydigan hamma narsani qamrab oladi. Lekin odamlarda qadr tushunchasi har bir inson uchun o’ziga xos bo’lishi sababli ularning rag’batlantirishni baholashlari va bu rag’bat qiymati to’g’risidagi tasavvurlari ham turlicha bo’ladi.
Qiziqish sabablari (motivlari)ga insonni biror narsa yoki muayyan tarzda o’zini tutishga da’vat qiluvchi ichki kuch sifatida qaraladi. Hozirgi davrda insonning mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga qiziqishi sabablari ancha murakkab, odatda ularni tushunib etish qiyin, demakki bu qiziqishga ta’sir o’tkazish ham oson emas. Insonning qiziqishi tarkibiga uning xatti-harakatlari asosi, deb qarash mumkin. Bu tarkib muayyan barqarorlikka ega. Shunga qaramasdan, insonni tarbiyalash jarayonida, uning ta’lim saviyasi oshishi bilan qiziqish tarkibi ham o’zgarib boradi.
Shaxsiy qiziqishlar inson bajarishi kerak bo’lgan ishga to’la-to’kis mos bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Jumladan, insonni samarali mehnat qilishga quyidagi asosiy qiziqishlar undaydi:

  • kasbga qiziqish;

  • iloji boricha ko’proq moddiy. rag’bat olishga intilish;

  • xodim bajarayotgan ishining uni bu ish moddiy jihatdan uncha qiziqtirmasa ham muhimligi va zarurligini anglab etishi.


Download 53.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling