Korxona xarakteristikasi “Uzsalaman” aktsiadorlik jamiyati qo’shma korxonasi


Download 36.73 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi36.73 Kb.
#1524225
1   2   3   4   5
Bog'liq
Uz Salaman mustaqil ish

2.3 Mahsulot sifati tahlili
Sifat - umumiy tushuncha sifatida insonlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan asoslanuvchi mahsulot, material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo’lib, ularni qo’yilgan talablar va o’z vazifalariga to’liq mos kelishi bilan baholanadi. Bunday moslik asosan standartlar, shartnomalar, kelishuvlar, iste’mol-chilarning talablari bilan aniqlanadi.
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini ifodalashda turli ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Sifat ko‘rsatkichi o'lchovi turli tarmoqlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni qanday maqsadda ishlatilishiga ko‘ra har xil bo’ladi. Mahsulot sifatini ifodalovchi eng asosiy ko‘rsatkich bu O‘zDST ko'rsatkichlaridir. Asosan keng iste’mol qilinadigan mahsulot sifati uning tarkibidagi foydali komponentlar darajasi (kolloriyasi, yog’lig’lik darajasi ) bilan o‘lchanadi.
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
-texnika va texnologiya holati va uning progressivligi;
-ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish;
-foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati;
-ishchilarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi;
-ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini tashkil etilganligi.
Tahlilning vazifasi - ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo‘yicha reja bajarilishi darajasini o‘rganish, mahsulot sifatining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan omillarni aniqlash, mahsulot sifatini korxona miqdor ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash bo’lib hisoblanadi.
Dastavval quyidagi 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, ishlab chiqarilgan mahsulot sifati bo‘yicha rejaning bajarilishini tahlil qilamiz.
3-jadval

Mahsulot sortlari

Mahsulot birligi bahosi

Maxsulot ishlab chiqarish hajmi
reja haqiqat

I

17000

20000

21000

II

14000

11300

13000

III

10000

9000

8000

Jami

41000

40300

42000




Download 36.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling