Korxonada xodimlar, mehnatni tashkil etish va haq to`lash 2-mashg’ulot Reja


Download 18.84 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi18.84 Kb.
#1497056
  1   2
Bog'liq
9.2- mavzu Korx xodim ish haqi MU


9-mavzu.
Korxonada xodimlar, mehnatni tashkil etish va haq to`lash
2-mashg’ulot
Reja:
9.3. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish
9.4. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash


9.3. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish
Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo`yish, ulardan oqilona foydalanish va tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy iqtisodiyotning, shu jumladan, makro- va mikroiqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo`yish, foydalanish va tarbiyalash borasida quyidagi tamoyillarga alohida e`tibor berish kerak:

  • aql-idrok, did va farosat;

  • qat`iylik, matonatlilik, printsipiallik, o`z vazifasiga puxtalik;

  • rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish;

  • o`z eliga, yurtiga, Vataniga sadoqatli bo`lish.

Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya qilish masalasidir.
Kadrlar attestatsiyasi – bu xodimlarning malakasini bilim va ko`nikmalarining darajasini, faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to`g`ri kelishi yoki kelmasligini aniqlab olish bo`yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir.
Attestatsiya ishining ahamiyati nimadan iborat?
Kadrlar attestatsiyasi xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, ularni oqilona joy-joyiga qo`yish, xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarligini kuchaytirishga qaratiladi. Attestatsiya xodimlarni egallab turgan lavozimlariga qanchalik munosib ekanligini aniqlashning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Kadrlar attestatsiyasi vaqti-vaqti bilan xar yili yoki ikki-uch yilda bir marta ham o`tkazilishi mumkin.
Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat:

  • ijtimoiy-psixologik diagnostika;

  • kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta`minlash;

  • bandlikni boshqarish;

  • zaruriy bo`sh lavozimlarga nomzodlar tanlash;

  • kadrlar salohiyati va xodimlarga bo`lgan ehtiyojlarni tahlil etish;

  • kadrlar marketingini belgilash;

  • xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat kilish;

  • xodimlarning kasbiy va psixologik moslashuvi, ko`nikishi;

  • mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari;

  • mehnat etikasi va estetikasi.

Agar ma`muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitida bu mezon va vazifalarga ikkinchi darajali deb qaralgan bo`lsa, bozor munosabatlari sharoitida ular birinchi o`ringa chiqarildi. Bu mezon va vazifalarga e`tibor berish sanoat taraqqiyotining barqaror va izchil rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi, iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda keng qamrovli tarkibiy o`zgarishlar sodir bo`lishi va raqobat darajasining o`sishi kadrlarning boshqarishga yondoshuvini o`zgartirishni taqozo etadi. Bunday yondoshuvlar quyidagilardan iborat:

  • xodimlarning samarali ishlashlarini, faoliyat ko`rsatishlarini tashkil etish;

  • lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar tizimini yaratish;

  • ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

  • institutsional maqsadlarga erishish;

  • o`z jamoa va o`z xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to`laroq qondirish.


Download 18.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling