Korxonalar bankrotligi va uni prognoz qilish mezonlari


-rasm. Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir


Download 293.1 Kb.
bet7/15
Sana17.02.2023
Hajmi293.1 Kb.
#1205159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
tayyor ish

1-rasm. Korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir
ko’rsatuvchi sub’ektiv omillar3.
Diversifikatsiyalashgan kompaniya ishining mazkur yo’nalishini to’xtatish istagi. Bozor sharoitida barqaror holatga ega bo’lish, bozor kon’yunkturasining qaltis oqibatlariga dosh berish, keskin raqobatda g’olib chiqish istagi korxonalarni diversifikatsiya siyosatini qo’llashga, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida samara keltirishi mumkin bo’lgan faoliyat yo’nalishlarini o’zlashtirish hisobiga kengaytirishga undaydi. Natijada ko’plab yirik kompaniyalar bir necha soha va yo’nalishlarda faoliyat olib boradilar. Biroq, bu siyosatning o’ziga xos salbiy tomoni ham mavjud bo’lib, kompaniya moliyaviy resurslarining turli tarmoqlarga «parchalanib» ketishi, har bir yo’nalish ustidan etarli darajada bir xil nazorat o’rnatish hamda hukmron mavqeni ushlab turish mumkin emasligi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Shunga ko’ra, kompaniya rahbariyati muntazam ravishda o’zlari shug’ullanayotgan faoliyat yo’nalishlari tarkibiga «tuzatish» kiritib turadilar, ya’ni, istiqbolsiz faoliyat yo’nalishlarini to’xtatib, resurslarni yangi, samarali yo’nalishlarga safarbar etadilar. Buning natijasida, to’xtatilgan faoliyat yo’nalishlaridagi korxonalarni tugatish zaruriyati kelib chiqadi.
Boshqa xo’jalik jamiyatiga qo’shilish yoki birlashib ketish. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 10-bandida «korxonalar o’z huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashishlari mumkin» deb belgilab berilgan. Shunday qilib, kichik va o’rta korxonalarning faoliyatini tugatish jarayoni – ma’lum darajada tabiiy jarayon hisoblanadi. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’ta harakatchan, juda tez o’zgara oladi. Masalan, faoliyati tugab borayotgan ikki kichik korxona bitta korxonaga hech qanday muammolarsiz qo’shila oladi.
Korxonaning tashkil qilingan muddatining tugashi. Ba’zi bir korxonalar (xo’jalik birlashmalari, uyushmalar) ma’lum muddatga tuzilgan bo’lib, bu muddat ularning nizomi yoki ta’sis shartnomasida belgilab qo’yiladi. Odatda bu muddat korxonani tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadga erishish, ma’lum vazifa va majburiyatlarning bajarilishidan kelib chiqadi. Belgilangan muddatning tugashi, korxona o’z maqsadiga erishgan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishini taqozo etadi. Bunday muddatning tugashidan keyingi korxonaning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ma’lum choralar ko’rilishi xavfini tug’diradi.
Sud tomonidan korxonaning ro’yxatga olinishini asossiz deb topilishi. Tadbirkorlik faoliyatini keng miqyosda yuritish uchun korxona tuzish taqozo etilib, bu jarayon ma’lum tartib-qoidalarga bo’ysunadi. Korxona hujjatlarining tegishli talablarga javob berishini ta’minlash tadbirkor zimmasida bo’ladi.

Download 293.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling