Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar. Korxona
Download 22.24 Kb.
|
Akt atamalar lug\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- KORXONA (FIRMA) DAROMADI
- KORXONA FONDLARI
- KORXONA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar. KORXONA (firma) - amaldagi qonunlar asosida mustaqil ravishda foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi xo'jalik shakli. Korxona ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, vositachilikvaboshqa sohalarda faoliyat ko'rsatishi mumkin bo'lib, xususiy, aksionerlik jamoa, kooperativ, davlat yoki aralash mulk shakllarida bo'lishi mumkin. KORXONA (FIRMA) DAROMADI - sotilgan mahsulot uchun korxona olgan pul miqdori. KORXONA (TASHKILOT) - muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasi. KORXONA AKTIVLARI - korxonada ishlab chiqarish fondlari shaklida band bo'Igan kapitaldir. KORXONA FAOLIYATI UZLUKSIZLIGINING EHTIMOLI - mazkur xo'jalik subyekti kelajakda o'z faoliyatini davom ettirishi (hisobot davridan keyin kamida 12 oy davomida) va unda o'z faoliyatini tugatish yoki qisqartirishga zaruriyat ehtimoli yo'qligini o'zida mujassamlashtirgan buxgalteriya hisobining bir tamoyili. KORXONA FONDLARI - xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun korxona ixtiyoridagi qiymatga ega bo'Igan moddiy ashyolar, binolar, uskunalar, pul mablag'laridan iborat. Korxona fondlari ishlab chiqarish jarayonida qatnashish o'rniga ko'ra asosiy va aylanma fondlar bir-biridan farqlanadi. KORXONA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - mahsulot yaratish uchun korxonada qilingan moddiy va pul sarflari yig'indisi. KORXONA MULKI - asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralari yig'indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo'natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi. Download 22.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling