DASTLABKIIMKONIYATLAR (KOMPETENSIYA) - ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish firmasini uning raqiblaridan ajratib turadigan bilim va uslublaridir.
DASTLABKI NAZORAT - taxminlash, rejalashtirish va loyihalashtirish bosqichida, xo'jalik yoki moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilishidan awal o'tkazilib, oqilona boshqaruv yechimlari qabul qilinishiga xizmat qiladi.
TEXNOLOGIK USUL - ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda foydalaniladigan mehnat vositalari: homashyolar, energiya va axborotlar yig'indisi ishlab chiqarish texnologik usulini ifodalaydi.
TEXNOLOGTYA - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida (xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarga ishlov berish, tayyorlash) qo'llaniladigan usul va usullar majmuyi; shunday usul va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan.
TOVAR TARQATISH - ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish faoliyati
TOVAR TARQATISH KANALI - tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga bo'lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga oshirish va mulk huquqini o'z zimmasiga oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar to'plami; ishlab chiqarishdan iste’molgacha tovar o'tadigan yo'l.
VAUCHER - 1) Korxonalarning mulklarini xarid qilish uchun beriladigan kupon, qimmatli qog'oz; 2) davlat tomonidan ota-onalarga bolalarini o'qitish uchun beriladigan pul sertifikati
XODIMLAR - ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehnat vositalaridan foydalanib, mehnat predmetini qayta ishlash bilan band bo'lgan barcha xodimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |