Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti


Download 21.89 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi21.89 Kb.
#250394
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу

Kooperatsiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum mahsulotni tayyorlash boyicha uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish;

  • ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash;

  • mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish;

  • ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash;

  • sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish;

  • chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

Shunday ekan sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va xizmat ko’rsatish sohalarida iqtisodiy jihatdan nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda ularga iqtisodiyot asoslarning nazariy, amaliy mohiyatini singdirishda hamda ko‘nikmalar hosil qilishda ushbu fan alohida ahamiyat kasb etadi.

“Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan (ayrim adabiyotlarda bundan 2500 yil oldin Ksenafont tomonidan kiritilgan deb e’tirof etilgan) hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo‘lsa, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslardan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qo‘llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo‘ladi.

Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va boshqa vositalar kerak bo‘ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko‘ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi zamonaviy bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini bilish, roy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xo‘jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.

«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiat va inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, prognozlashtirish va baholashni ifodalaydi.

Menejment – bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:


  • boshqaruv xokimiyati va san’ati;

  • resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Boshqaruv esa o‘z navbatida – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.

  • boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqil qarorni, qaror qabul kilishni o‘rgatuvchi fandir.



Download 21.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling