Korxonalar moliyasi va ularni tashkil etish
Download 0.7 Mb.
|
1.Korxonalar moliyasi va ularni tashkil etish
Darhaqiqat, moliyaviy resurslarning tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul mablag'lari fondlari) singari, korxona moliyaviy resurslari o'sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega. Biroq pul mablag'lari fondlari korxona moliyaviy resurslarini ishlatishning yagona yo'nalishi emas. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy resurslar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil qilinmasdan ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot yuklab jo'natish bo'yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy resurslarining muhim manbayi bo'lgan foydaga ega bo'lishlari mumkin, biroq bu hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, mol yetkazib beruvchilarga to'lovlarining o'z vaqtida o'tkazilishini kafolatlamaydi.
Shu jumladan moliyaviy tahlil, prognozlar tuzish va rejajashtirish kabi vositalardan fovdalanishni talab etadi. Shu jihatdan qaraganda, korxonalar moliyaviy resurslari mohiyatini o'rganish va ularning yanada samaraliroq harakatini tashkil etish yo'llarini qidirib topish xo'jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega.
Korxona moliyaviy resurslari — kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yuzasidan xarajatlarni amalga oshirishga, moliya kredit tizimi oldidagi majburiyatlarni bajarishga hamda xodimlarni moddiy rag'batlantirishga qaratilgan pul daromadlari va jamg'armalaridir.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling