Korxonalar moliyasini boshqarish reja moliyaviy qarorlar qabul qilish bosqichlari


Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan maqsadlarga misollar


Download 146.94 Kb.
bet5/7
Sana15.02.2023
Hajmi146.94 Kb.
#1200286
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 mavzu Korxonalar moliyasini boshqarish reja Moliyaviy qarorl

Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan maqsadlarga misollar

Tadqiqotlar ma’lumotlari


Buyuk Britaniyada bir necha tadqiqotlar o‘tkazilib, ularning aksariyati intervyu olish yoki pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali yirik kompaniyalar katta boshqaruvchilari so‘rovnomasini o‘z ichiga olgan.
Payk va Ooi (Pike va Ooi 1988) ikki bosqichda – 1980 va 1986 yillarda pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali so‘rovnoma o‘tkazganlar. 1980 yilda pochta bo‘yicha anketalar Buyuk Britaniyadagi 208 ta yirik kompaniyaga tarqatilgan.
1986 yilda anketalar 1980 yildagi anketalarga javob qaytargan kompaniyalarga, ushbu kompaniyalar qo‘shilish, birlashish va h.k. natijasida faoliyati tugatilmagan sharoitda yuborilgan.
Har ikki tadqiqotda muayyan to‘ldirilgan anketalar soni 70%dan yuqori bo‘lgan.
Har ikki holatda ham moliya top-menejerlaridan ular biznesi uchun beshta – ikkita qisqa muddatli va uchta uzoq muddatli moliyaviy maqsad muhimligini besh balli shkala bo‘yicha baholash so‘ralgan.
O‘rta hisobda aniqlangan ma’lumotlar asosida maqsadlar ahamiyatiga qarab farqlash 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan. 5 ball maqsad juda muhimligini, 1 ball esa – maqsad unchalik muhim emasligini anglatadi.
2.1-jadval

Moliyaviy maqsadlarning muhimlik darajasi (1980-1986)


Maqsadlar

1980

1986

Qisqa muddatli (1-3 yil)



Daromadlilik darajasi (masalan, investitsiyalardan foizlarda ifodalangan daromad nisbati)

4,28

4,61

Foyda yoki tushum (ya’ni, foydaning rejali me’yori)

4,01

4,41

Uzoq muddatli (3 yildan ko‘proq)



Savdo-sotiqlar o‘sishi

3,18

2,97

Aksiya uchun foyda ko‘payishi

2,83

4,38

Aksiyadorlar farovonligining oshishi

3,07

4,06

Manba: Pike va Ooi (1988)dan soddalashtirib olingan.
Ushbu natijalar kompaniyalar uchun bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan bir qator ahamiyatli maqsadlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, ulardan to‘rttasining vaqt o‘tishi bilan yuqorilab boruvchi ahamiyatini aks ettiradi (savdo-sotiqlar o‘sishi bundan mustasno). Ma’lum bo‘lishicha, 1980 yilda qisqa muddatli maqsadlar so‘ralganlar uchun uzoq muddatli maqsadlarga nisbatan muhimroq bo‘lgan. Shunga qaramay, 1986 yilga kelib, aksiya uchun foyda (earnings per share, EPS) va aksiyadorlar farovonligining oshishi deyarli qisqa muddatli maqsadlar kabi muhim maqsadga aylangan.
Payk va Ooi tadqiqotlari natijalari muayyan darajada so‘nggi yillarda AQSH va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan boshqa tadqiqotlar ma’lumotlari bilan muvofiqlashadi.
Qayd etish kerakki, foyda yoki tushum, aslida, tijorat faoliyati natijasida kompaniya boyligining sof o‘sishi sifatida aniqlanadi. Shunday qilib, diqqate’tiborni EPS yoki daromadlarga jalb etadigan maqsadlar aksiyadorlar farovonligining oshirilishiga zid kelishi shart emas. Ular o‘rtasida to‘qnashuv uzoq muddatli foyda qisqa muddatli daromad foydasiga tahdid ostiga qo‘yiladigan holatdagina yuzaga keladi.
Shunday qilib, Payk va Ooi tadqiqotlari respondentlari tomonidan qisqa muddatli daromad sifatida belgilanganda, ular, aslida, uni uzoq muddatli maqsadlarga zid ravishda qabul qilishgan. EPSni ko‘paytirish va aksiyadorlar farovonligini oshirish maqsadlarining xuddi shu respondentlari tomonidan yuqori baholanishi buni amalda tasdiqlaydi.

Yillik hisobotlar ma’lumotlari


Qonun hujjatlari Buyuk Britaniya kompaniyalariga buxgalteriya hisobotlarini va o‘z faoliyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni har yilgi hisobotda e’lon qilish majburiyatini yuklaydi. Ko‘plab kompaniyalar ushbu imkoniyatdan hisobotga qo‘shimcha axborot, shu jumladan, biznes falsafasi va maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritish uchun foydalanadi. Ayrim kompaniyalar aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish bo‘lmasa, farovonligi oshirilishini maqsad sifatida aniq ajratib ko‘rsatadi. “British Sky Broadcasting Group plc” (‘BSkyB’) sputnik orqali namoyish etish kompaniyasi 2004 yil uchun o‘z hisobotida qayd etishicha, uning maqsadi “Buyuk Britaniya va Irlandiyada pullik raqamli televizion xizmatlar abonentlari sonini foydali oshirishga tayangan holda aksiyadorlar uchun qiymatlarni maksimallashtirish”dan iborat. “Balfour Beatty” plc qurilish kompaniyasining 2003 yil uchun hisobotida quyidagicha yozilgan: “Maqsadimiz – infratuzilma sifati, samaradorligi va ishonchliligi juda muhim ko‘rsatkichlar hisoblangan iste’molchilarga loyiha-konstruktorlik, qurilish va servis malakalarini taqdim etish orqali aksiyadorlar uchun (shareholder value) uzoq muddatli qiymatlar (narxlar)ni yaratish. Biz xavfsiz ishlash va atrof-muhitga zarar yetkazmaslikka intilamiz”. Suv yetkazib berish va chiqindilarni utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi “Severn Trent plc” kompaniyasi quyidagicha bayonot bergan: “Biz ekologik muammolarning majmui yechimini taklif qilgan hamda xususiy va davlat iqtisodiyot sektorlarida yangi qonun hujjatlari va yangi talablar bilan yaratiladigan imkoniyatlardan operativ foydalangan holda aksiyadorlar uchun qiymatlarni oshirishga intilamiz” (2004 yil uchun yillik hisobot).
Dettol, Harpic va Vanish kabi maishiy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Reckitt Benckiser plc” kompaniyasi quyidagicha e’lon qildi: “Asosiy maqsadimiz – aksiyadorlar uchun qiymatlarni yaratishdan iborat” (2003 yil uchun yillik hisobot).
Ayrim kompaniyalarning aksiyadorlar uchun foydaga munosabati 21-betda qayd etilgan nuqtai nazarni tasdiqlaydi, unga asosan, aksiyadorlar uchun qiymatlarni maksimallashtirish oqilona boylik tamoyili bilan bog‘liq. “Prudential” plc sug‘urta kompaniyasi shunday e’lon qiladi: “Prudential”ga ega aksiyadorlar oldidagi majburiyatlarimiz vaqt o‘tishi bilan ular investitsiyalari qiymatlarini maksimallashtirishdan iborat. Biz bunga ajoyib mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, taalluqli ravishda, yuqori moliyaviy daromad olish uchun uzoq muddatli asosda rivojlantirishga mablag‘lar sarflash hamda xodimlarimiz va faoliyatimiz yo‘nalishlaridagi eng yaxshi jihatlarni aniqlash orqali erishmoqdamiz” (2003 yil uchun yillik hisobot). “Prudential” quyidagicha davom ettiradi: “Maqsadimiz – qiymatga ega va pulga almashtirish xavfsizligini ta’minlaydigan mahsulotlar va xizmatlar tufayli mijozlarimiz va sug‘urta polislari egalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish”.
Ehtimol, aksariyat kompaniyalar o‘z faoliyati maqsadini aksiyadorlar farovonligini oshirish sifatida BSkyB, Balfour Beatty, Severn Trent va Prudential kabi aniq shakllantirmaydi. Shunga qaramay, ularning yillik hisobotlardagi bayonotlari ular aksiyadorlar farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishlarini tasdiqlaydi. Masalan, “Tesco plc” supermarketlar kompaniyasi o‘z maqsadini quyidagicha ifodalaydi: “Iste’molchilar uchun ularning umrbod sodiqliklariga erishish imkonini beradigan qiymatlarni yaratish” (2004 yil uchun yillik hisobot). Bu yerda aksiyadorlar to‘g‘risida bir og‘iz so‘z ham yo‘q. Shunga qaramay, Tesco aksariyat kompaniyalar kabi o‘z direktorlariga juda katta mukofot pullari to‘lagan, ularning miqdori aksiyadorlar daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘lgan – bu direktorlar diqqate’tibori aniq aksiyadorlar farovonligiga qaratilganligi alomati hisoblanadi.
Ko‘pgina kompaniyalar “aksiyadorlarning umumiy daromadi” (total shareholder return) kabi ko‘rsatkichni e’lon qiladi. Bu aksiyadorlar tomonidan olingan foyda miqdori: dividendlar plyus muayyan davr mobaynida aksiyalar narxlari oshishi. Bir qator bunday kompaniyalar o‘z ko‘rsatkichlarini shunga o‘xshash kompaniyalar guruhi ko‘rsatkichlari bilan solishtiradi. Ayrim kompaniyalar, masalan, “Boots Group plc” dorixona tarmog‘i ushbu ko‘rsatkichdan menejerlarga mukofot pullari to‘lash uchun asos sifatida foydalanadi.
Ko‘plab kompaniyalar, shu jumladan, deyarli barcha yirik kompaniyalar o‘z direktorlari va top-menejerlariga aksiyalar uchun opsionlar taqdim qiladi. Opsionlar kelgusida muayyan paytda aksiyalarni joriy bozor narxi bo‘yicha xarid qilish huquqini beradi. Bu direktorlar bevosita va hech qanday tavakkalchiliksiz kompaniya aksiyalari narxlarining har qanday oshirilishidan foyda olishlari mumkinligini anglatadi. Agar aksiyalar narxi oshirilsa, ular opsiondan foydalanadilar va shu zahoti aksiyalarni yanada yuqori narx bo‘yicha sotishlari mumkin bo‘ladi. Agar aksiyalar narxi oshirilmasa, direktorlar aksiyalarni sotib olishlari shart emas.
Yuqorida keltirib o‘tilgan ayrim kompaniyalar bayonotlari va qanday yo‘l tutayotganligi quyidagicha xulosalar chiqarishimiz mumkin. Aksariyat kompaniyalar aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishni o‘z maqsadi sifatida belgilamaydi, garchi ayrim kompaniyalar o‘z maqsadini aynan shunday belgilaydi. Buyuk Britaniyadagi deyarli barcha yirik kompaniyalar o‘z direktorlariga yirik mukofot pullari to‘laydi. Ushbu mukofot pullari deyarli har doim aksiyadorlar daromadlari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, aksariyat yirik kompaniyalar o‘z direktorlariga aksiyalar uchun opsionlar taqdim qiladi. Shunday qilib, direktorlar aksiyadorlarga foyda keltirishga jiddiy rag‘batlantiriladi. Aksiyalar uchun opsionlardan mukofot pullari va foyda ko‘pgina direktorlarning asosiy oylik ish haqidan osonlik bilan yuqorilab ketishi mumkin. Shu tufayli, garchi aksariyat kompaniyalar aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishni o‘z maqsadi sifatida belgilamasada, ularning harakatlari, shu jumladan top-menejerlarni rag‘batlantirish choralari aksiyadorlarning iqtisodiy farovonligi juda muhim masala ekanligini qat’iy tasdiqlaydi.

Download 146.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling