Imzo chekilgan matn, imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanini tasdiqlaydi - Bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlardan tonish imkoniyatini bermaydi.
- Imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
- Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanilishida bir-biriga imzo chekilgan elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz qilinadi. Xar bir abonent uchun juft-maxfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakillantirishda foydalanadi.
- Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
- Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
- Ushbu muolajani tayyorlash bosqichida xabar jo’natuvchi abonent A ikkita kalitni generatsiyalaydi: vaxfiy kalit k (A) va ochiq kalit K (A). Ochiq kalit K (A) uning jufti bo’lgan maxfiy kaliti k(a) dan xisoblash orqali olinadi.
- Ochiq kalit K(a) tarmoqning boshqa abonentlariga imzoni tekshirishda foydalanish uchun tarqatiladi.
- Ochiq kalit yordamida hujum qilish. Kriptoanalitik faqat yagona ochiq kalitga ega bo’ladi.
- Ma’lum maktublar asosida hujum qilish. Raqib faqat o’ziga ma’lum ochiq elektron hujjatlardan yig’ilgan imzolarga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |