Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil qilish va usullari


Download 292.01 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi292.01 Kb.
#1581715
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5251723054194632841




MUNDARIJA

Kirish

  1. Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya

  2. Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil

qilish va usullari

  1. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari

  2. Innovatsion loyihalarni baholash

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekistonda ya`ni yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarini shakllantirar ekan tashkilotlarning mavqesini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati har xil bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga olib kelmoqda. Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘zini ta‘sirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda.
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyat hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi, innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’ladi. Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonda amalga oshirilgan o’zgarish natijasida innovatsiya paydo bo’ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo’llash joylarida bir marta o’zlashtirib va foydalanib bo’lingan innovatsiyalarni o’z vaqtida tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro’yobga chiqishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishning muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan. “Innovatsiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k.larni belgilash uchun foydalanilgan. Iqtisodchi olimlar, ayniqsa xorijy (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarning o’ziga xos mazmunini tashkil qiladi, o’zgarishlarning vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi. Avstrriyali olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o’zgarishlar ajratilgan:
1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi bozor ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi);
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi o’zgarishlar;
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo’lishi.
Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 30 – yillarda u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab 22 chiqarish va texnik vositalar, bozorlarning tashkiliy shakllarini sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o’zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.



Download 292.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling