Korxonalarda ish yuritish hujjatlari
Download 69,57 Kb.
|
Korxonalarda ish yuritish hujjatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnomalar
Majburiyat – bu fuqarolik huquqiy munosabat bo‘lib, unga asosan, bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va h.k. yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarining bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Shartnomalar – mahsulot yetkazib berish shartnomalariga, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha, ijara shartnomalariga va bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab boshqa turlarda bo‘lishi mumkin. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatlarga tuzilishi mumkin. Shartnomaning mohiyati quyidagi bandlar bo‘yicha yoritilishi mumkin: I. Shartnoma mohiyati (predmeti), nima to‘g‘risida ekanligi. II. Tomonlarning majburiyatlari. 2.2. Mijozning (iste’molchining) majburiyatlari.
3.2. Mijozning huquqlari.
Oddiy xo‘jalik shartnomalarining zaruriy qismla ri quyidagilar:
Shartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi; bunda «imzo» degan zaruriy qismda imzo qo‘yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o‘rnatayotgan huquqiy shaxslarning (to‘liq yoki qisqargan) nomi ko‘rsatiladi. Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yig‘masida kamida bir nusxasi bo‘lishi kerak. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Download 69,57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling