Korxonalarda marketing xizmatini boshqarishni tashkiliy tizimi


Marketing – biznes falsafasi


Download 345.51 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi345.51 Kb.
#1565734
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
marketing tizimini boshqarish tizimi 25.05.2023

1.2 Marketing – biznes falsafasi
Marketing – bu biznes falsafasidir, bunda iste’molchilar va potensial iste’molchilar biznes strategiyasining markaz doirasida turadi. Ushbu faoliyat turlariga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:– iste’molchilarning va potensial iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlash;– mahsulotning optimal strategiyasini tanlash; – mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib to iste’molchilargacha samarali yetkazib berishni (o‘tkazishni) ta’minlash;– mahsulotlarni iste’molchilar sotib olishlariga ishontirish va ularniaxborotlar bilan ta’minlab borish;– sotiladigan mahsulotlar narxini aniqlashtirib olish;– faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlarni kengaytirish va yangi bozorlar tashkil qilish uchun harakat qilish. Tadbirkorga marketing nima uchun kerak? “Mahsulotlarni sotish uchun marketing kerak”, degan tadbirkorlarning an’anaviy javobi, lekin bunday javob qoniqarli emas. Bizning tadbirkorlar mahsulotlari sotilmay qolgan taqdirdagina marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanishni eslab qoladilar. Ishlab chiqilgan va sotib olingan mahsulotlarni sotishda muammo chiqib qolganda tadbirkorlar: “Mening mahsulotlarim yaxshi-ku, nega ularni sotib olmayaptilar”, deb marketing tadqiqoti
bilan shug‘ullanishni o‘ylab qoladilar. Bunday yondoshish marketing miopieysi (kalta qo‘llik) yoki marketingning tovarlar yo‘nalishi deyiladi. Tadbirkorlar hech qanday qiyinchiliklarsiz mahsulotlarini sotib turishgan vaqtda uni ishlab chiqarish doim naf keltiradi. Buning uchun yo‘nalishni yaxshi anglab olish kerak. Bunda iste’molchilarning ehtiyojlari qanday ekanligini, ularning tovarlarga nisbatan fikrlari, iste’molchilar qanday tovar va xizmatlarni xohlaydilar va qanday narxda sotib olishlari mumkin degan ma’lumotlarga tadbirkor doim ishlab chiqarishni tashkil qilishdan oldin ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.Tadbirkor marketing faoliyatini tadqiq qilish jarayonida iste’mol darajasini o‘rganibgina qolmasdan, balki ushbu iste’molni qondirishga e’tiborini qaratishi kerak.Marketing maqsadi – taqsimotni jonlantirish, mijozni yaxshi tushunish va anglash, tovarlar yoki xizmatlarni iste’molchiga to‘g‘ri kelishini o‘rganishdan iborat. Marketing tadqiqotlarini olib borish jarayonida SWOT tahlili alohida o‘rin egallaydi.
Marketingning ko‘pgina ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarini quyidagi chizmada keltirib o‘tganmiz: 1. Marketing Marketing – bu tijorat faoliyatidir, bunda biznes instituti (AQSH) rivojlanadi, iste’molchilarning ehtiyojlarini
aniqlaydi va ularga munosib javob bera oladi. 2. Piter Drakker Marketing – bu butun biznes jarayoni bilan faoliyatning oxirgi natijasini nazarda tutadi, bu esa iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirilganligi nisbatini e’tiborga olib boradi. 3. Filip Kotler Marketing – bu muhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir.


3-chizma. Marketing nazorati rejasi


Tadbirkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan hamma xodimlar marketing tadqiqotlarini olib borishni yaxshi bilishlari va tushunishlari hozirgi kun talabi bo‘lib qolmoqda. Chunki, uzoq muddatli faoliyat ko‘rsatish maqsadida marketing sohasini bilish orqaligina biznesni to‘liq amalga oshirish mumkin.
Misol uchun:
1. Siz yaqinda sotib olgan mahsulotingizni ishlab chiqaruvchi yokiyetkazib beruvchi tomonidan qanday marketing jihatlaridan foydalanib namoyish qilganligi haqida o‘ylab ko‘ring.
2. O‘zingizning ehtiyojingizni qondirish maqsadida, o‘zingizni sotib oluvchi deb tasavvur qilib ko‘ring, siz qachon va qanday vaqtlarda quyidagi ovqatlanish korxonalari xizmatidan foydalanishingiz mumkinligi haqidadiqqat bilan o‘ylab ko‘ring:a) uyga tayyor ovqat olib ketish mumkin bo‘lgan do‘kon xizmatidan; b) Makdonalds – tayyor ovqatlar, bir zumda kafesidan; d) yuqori sifatli restoran xizmatidan foydalanasiz. Endi ushbu ovqatlanish korxonalarining marketing siyosatiga kelsak, qaysi ovqatlanish korxonasi marketingi sizning e’tiboringizni o‘ziga jalb qila oladi (masalan, mahsulot, atrof-muhit ta’siri, reklama tadbirlari va
marketingning qo‘llanilish maqsadi). Marketingni ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatishni boshqarish va bozor yo‘nalishidagi savdo-sotiqning yagona bir tizimi sifatida ikki jihatdan qarab chiqish zarur. Birinchi jihati – Marketing tadqiqotlari tadbirkorlik faoliyatini boshqarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat, uning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, tadbirkor bozor yo‘nalishida faoliyat olib boradi, ya’ni an’anaviy bo‘lib qolgan sotish talablariga moslashishdan bozor talablariga moslashishga o‘tadi. Bu esa boshqaruvchilar (menejerlar) va umuman tadbirkorlik faoliyatidagi yanada yuqoriroq bosqich bo‘lib, tadbirkor yangi ilg‘or texnologiyaga asoslangan holda, texnologiya talablari bilangina cheklanib
qolmay, pirovard maqsad – bozor talablariga mos keladi, bu esa boshqaruv sohasida qarorlar qabul qilish tarzini ko‘p jihatdan o‘zgartirib yuboradi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning texnikaviy ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda uning iste’mol sifatlarini takomillashtirishga katta e’tibor beriladi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarigina emas, shu bilan birga bozornarxlari darajasi ham e’tiborga olinadi. Tovarni g‘iloflash muayyan darajada mahsulotni sotishni tezlatadigan va ayni paytda tovarlarning firma reklamasini kengaytiradigan muhim tadbir tarzida baholanadi. Marketingni tashkil etish mahsulot savdosini nazorat qiladigan marketing bo‘limi va xizmatlarini barpo etish bilan cheklanib qolmaydi. Marketing faoliyati tadbirkorning o‘z marketing tizimini tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu tizim esa asosiy uch tashkiliy bo‘limdan tashkil topadi: boshqaruv, tadqiqot va nazorat bo‘limlari. Tizimning boshqaruv bo‘limi – bu marketingni tashkil etish bilan shug‘ullanadigan xizmatdan iborat, uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik faoliyatining barcha bo‘linmalarini zarur bozor ma’lumotlari bilan ta’minlash va ularning bozor talablariga to‘g‘ri keladigan faoliyat olib borishlariga mo‘ljal olish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiki ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirishdir.Tizimning tadqiqot bo‘limi – bozorni, sotishni, ishlab chiqarishni, narx-navoni, reklama va boshqa marketing faoliyati sohalarini qamragan holda tadqiq etishning uslubiy, axborot yo‘l-yo‘riqlari va tartib-qoidalaridan iborat. Tizimning nazorat bo‘limi – marketingning maqsadli dasturlari va uni nazorat qilishdan iborat. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – bozordagi mavjud vaziyatlar va tadbirkorning imkoniyatlariga qarab turli davrda strategiya,taktika, tezkor bozor faoliyatini shakllantirishdir. Ikkinchi jihat – bu marketing bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri olib boriladigan faoliyat deb yuritiladi. Agar marketing mahsulotlarni sotish, ishlab chiqarishni boshqarish tizimi sifatida tadbirkorning ishonchli tayanchi hisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bo‘lgan marketing tadqiqotlari tadbirkorning faoliyat yuritishini shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing – “mix”ni vujudga keltiradi. Uning asosida “4p” formulasi turadi:
1 – narx (price)
2 – mahsulot (product);
3 – joy (place);
4 – siljitish (promotion).
Har qanday tadbirkor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun marketing – (mix)ni turli guruhlantirish va ko‘rinishlarda qo‘llaydi:
• mahsulot sifati va xizmatini takomillashtirish;
• moslashuvchan narx siyosati;
• reklama;
• savdoni kuchaytirish;
• mahsulotni sotish shartlari;
• tovar harakati yo‘llari va hokazolar.
Bunda marketingning bozordagi faoliyati ommabop shakl va usullari
yo‘q. Har bir xo‘jalik subyekti ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish xususiyatlari va bozordagi holatni hisobga olgan holda, o‘z boshqaruv marketing va marketing – (mix) modelini ishlab chiqadi. SWOT tahlili yordamida bozor bo‘shlig‘ini aniqlash. Strengths (ustunlik), Weaknesses (kamchiligi),Oportunities (imkoniyatlar), Threats (xavf-xatar) Tadbirkorlik Atrof-muhit faoliyatining Bozor tomonidan ustunligi va bo‘shlig‘i imkoniyatlari va kamchiligi xavf-xatarlari Marketing — o‘zbekistonlik tadbirkorlarning eng «og‘riq» nuqtalaridan biridir. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan muammolar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektining o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini sotish imkoniyatlari bilan mavjud muammolar ilgari surilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tahliliy o‘rganish jarayonida uning ustunliklari, imkoniyatlari, kamchiliklari va tahdidlarini qiyosiy o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini rejali va bir maqsad sari to‘g‘ri olib borish uchun quyidagi SWOT tahlilidan yuqori darajada foydalanishi kerak bo‘ladi. Tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda quyidagi holatdan foydalaniladi. SWOT tahlili uchun savollar S – Ustunlik W – kamchiligi Mahsulotimizning yaxshi Yaxshilash mumkin emasmi? tomonlari Kompaniyamizga yaxshi Faoliyatimizning boshqa– e’tibor va o‘zgarishlarni lardan kuchli tomoni qanday qilamiz? Rivojlanishimizga nima xalaqit beryapti? O – Imkoniyatlar T – Xavf-xatar Biznesni rivojlantirish Korxonamiz oldidagi xavflar uchun tashqi muhit ta’siri? Atrof-muhit



Download 345.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling