Korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish yo’llari
Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari
Download 51.72 Kb.
|
Diplom ishi (30.03.23)
Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari
Mehnat unumdorligini oshirish ayrim korxona va jamoalar uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, uning darajasiga ta‘sir etadigan barcha omillar va zahiralarini ko’paytirishni taqozo etadi. Umuman, omillar deganda – biron-bir jarayon yoki hodisaga ta‘sir etuvchi kuchlar, sabablar, tashqi vaziyatlar tushuniladi. Mehnat unumdorligi omillari - mahsulot, ish yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishda yollanma mehnat sarfi miqdorining o’zgarishiga ta‘sir etuvchi sabablar, harakatlantiruvchi kuchlar. Mehnat unumdorligiga ta‘sir etishning turli usullarini tasniflash va ularni guruhlarga ajratishning ahamiyati shundaki, bu mehnat unumdorligi mohiyatini chuqurroq anglash va oshirish yo’llarini bozor kon‘yunkturasidan kelib chiqib aniqlash imkonini beradi. Bunday tasnifning amaliy ahamiyati shundaki, uning yordamida u yoki bu omillarning natijasiga ta‘sir darajasini yaxshiroq hisobga olish mumkin bo’ladi, ya‘ni ulardan biri mehnat unumdorligining o’sishiga barqarorroq ta‘sir ko’rsatsa, boshqalari bu ma‘noda o’tkinchi ahamiyatga ega. Omillarni tasniflashga turlicha yondashuvlar ularning turli yig’indilarini farqlashga olib kelishi mumkin. Ammo bunday guruhlar orasida u yoki bu ishlab chiqarish omillarining shakllanishi va rivojlanishi asosiy sifat nuqtayi nazaridan qabul qilish o’rinli bo’ladi. Bunday omillarga mahsulot ishlab chiqarishning ijtimoiy-siyosiy shartsharoitlarini belgilaydigan guruhini kiritish mumkin. Ularning ta‘siri tegishli xo’jalik mexanizmlari, ijtimoiy munosabatlar (institutlar) orqali amalga oshiriladi. Omillarning boshqa muhim guruhiga mehnatga haq to’lash, makroiqtisodiy mutanosibliklar, inson kapitali, texnika va texnologiyalar bilan bog’liq bo’lganlari, shuningdek, ijtimoiy omillar kiritiladi. Raqobat – unumdorlikni oshirishning hamda iqtisodiy o’sishni ta‘minlashning harakatlantiruvchi kuchidir, chunki har bir korxona sotuv va ta‘minot bozorida o’z mavqeyini yaxshilashga harakat qiladi. Ikkinchi tomondan, qudratli unumdorlik raqobatni oshiradi, iqtisodiy o’sish esa uni kuchaytiradi. Nafaqat korxonalar, balki milliy iqtisodiyotlar ham o’zaro raqobatlashadi. Iqtisodiy nazariyaga ko’ra, korxona va milliy iqtisodiyotlar raqobatning teng sharoitlarida bo’lib, bir-biriga qaramaqarshi turadi, bu alohida olingan milliy iqtisodiyot va aniq korxonalar o’rtasidagi real hayotda sezilarli farqlanadi. Masalan, tabiiy resurslar, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma, ishchi kuchi ko’lami va sifat tuzilmasi umuman teng emas. Buning ustiga, korxonalar bilan milliy iqtisodiyotlar ko’lamlari o’rtasidagi farqlarga keyingi yillarga qadar raqobat shartlarining tengsizlik ko’rsatkichi sifatida qarab kelingan. Albatta, yirik korxonalar ta‘minot va sotuv bozorida mutlaq boshqa ishchi kuchini qamrab olishga qodir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda ham xuddi shunday, o’zlarining yirik ichki bozorlari va tashqi bozorlardagi kuchli mavqelari bilan ko’lami kichikroq iqtisodiy kuchga ega korxonalarga qaraganda raqiblar tazyig’iga muvaffaqiyatliroq qarshilik ko’rsatishga qodir bo’ladi. Mehnat unumdorligini oshirishga ta‘sir etish darajasi va hususiyatiga qarab, omillarni quyidagi uchta guruhga: moddiy-texnik, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiyruhiy guruhlarga birlashtirish mumkin. Moddiy-texnik omillar – yangi texnika, ilg’or texnologiya, xomashyo va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog’langan. Ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalarini hal etishga: -uskunalarni zamonaviylashtirish; -ma‘naviy eskirgan uskunalarni yangi, unumliroq uskunalar bilan almashtirish; -ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash darajasini oshirish: qo’lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash, kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish, uchastka va sexlardagi ishlarni yalpi mexanizatsiyalash; -ishlab chiqarishni avtomatlashtirish: avtomat-dastgohlarni, avtomatlashtirilgan uskunalarni o’rnatish, avtomatlashtirilgan liniyalardan va ishlab chiqarish tizimlaridan foydalanish; -yangi, ilg’or texnologiyalarni joriy etish; -xomashyoning yangi turlaridan, progressiv materiallardan foydalanish yo’li bilan va boshqa choralar orqali erishiladi. Yangi texnika va texnologiyalardan, ishlab chiqarish bino va inshootlari, uskuna va asboblar, xomashyo va energiyaning har xil turlaridan foydalanish mahsulot birligiga jonli mehnat sarfini kamaytirish bilan biriktirilgan taqdirdagina mehnat unumdorligini oshirishga qodir bo’ladi. Bu holatda jonli mehnatning shu yoki kamroq darajasi berilgan ishlab chiqarish chegarasida ko’proq miqdorda iste‘mol qiymatlarini ishlab chiqara oladi. Ammo, bunda mahsulot birligiga jonli mehnat jamg’armasi joriy etilayotgan yangi texnika, texnologiya sarflaridan ko’proq bo’lishi kerak. Muayyan holatda yangi texnikaga sarflar deganda, kapitalning renta bahosi tushuniladi. Kapitalning renta bahosi – kapital xizmatlaridan foydalanish qiymati. Nazariy jihatdan u texnika ijarasi uchun (yoki uni sotib olish ssudasiga) foizlar to’lash va amortizatsiya summasini o’z ichiga oladi. Ammo, bizning amaliyotda lizing ham tarqalgan, bank kreditidan qimmat bo’lganligi uchun ham foydalaniladi, shuning uchun ham amaliyotda kapitalning renta bahosi amortizatsiya summasidan iborat bo’ladi. Demak, yangi texnikani joriy qilish shartiga ko’ra yangi texnika amortizatsiyasining summasi mahsulot birligiga bevosita jonli mehnat tejamining puldagi ifodasidan kamroq bo’lishi kerak. Aks holda, tadbirkor yangi texnikani joriy etishdan tijorat foydasini ololmaydi, yangi texnikaga yollanma mehnatga qiladigan sarfidan tejab qolganidan ko’ra ko’proq sarflashga to’g’ri keladi. Bunda mahsulot birligiga jonli mehnat hissasi, tabiiyki, moddiylashgan foydasiga kamayadi. Umumdavlat zaxiralari va ulardan foydalanish butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligining oshishiga ta‘sir etadi. Bular korxonalarni joylashtirish, aholining ish bilan bandligidan oqilona foydalanish, xo’jalik yuritishning bozor usullarini tatbiq etish va shu kabilardir. Mintaqaviy zaxiralar – muayyan mintaqaga xos bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari. Tarmoqlararo zaxiralar turli tarmoqlardagi korxonalar o’rtasidagi aloqalarni yaxshilash, shartnomaviy intizomni mustahkamlash imkoniyati bilan bog’langandir. Ishlab chiqarish ichki zaxiralari korxonada xomashyo, materiallar, uskunalar, ish vaqtdan foydalanishdagi kamchiliklar bilan belgilanadi. Smena ichidagi va butun kun mobaynidagi ish vaqti bevosita nobudgarchiliklardan tashqari, yaroqsiz qilingan buyumlarni tuzatish, texnologiyada ko’zda tutilgan ishlarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan ko’zga ko’rinmas nobudgarchiliklar ham bo’ladi. Foydalanish muddatlari bo’yicha zaxiralar – joriy va istiqboldagi zaxiralarga bo’linadi. Joriy zaxiralardan oy, chorak, yil davomida korxonalarning haqiqiy imkoniyatlariga qarab foydalanish nazarda tutiladi. Istiqboldagi zaxiralar korxonaning ularni yaqin vaqt ichida ishga solish uchun yetarlicha resurslari yo’q va ulardan istiqbolda bir yil yoki yanada ko’proq vaqt keyin foydalanish mo’ljallanadi. 190 Korxonalarda zaxiralardan foydalanish uchun tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejalari ishlab chiqiladi, ularda mehnat unumdorligini oshirishzaxiralarining turlari, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari, bunga rejalashtirilayotgan sarflar ishlarni bajarish muddatlari, mas‘ul ijrochilar ko’rsatiladi. Download 51.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling