Korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish yo’llari


Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari


Download 51.72 Kb.
bet7/7
Sana23.04.2023
Hajmi51.72 Kb.
#1382991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Diplom ishi (30.03.23)

Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari
Mehnat unumdorligini o’lchash murakkab vazifa bo’lib, bunga bir tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko’pqirraliligining dinamikasi ko’p sonli o’sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan bo’lgan va undan tashqarida bo’lgan omillarga) bog’liqligi, ikkinchi tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan bog’lash talabi sabab bo’ladi. 70-80-yillar mehnat unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar ikki yo’nalishda olib borildi. Birinchi yo’nalish moddiy sarflarni mahsulot qiymatidan chiqarib tashlashdan iborat edi. Bu hol mahsulotning o’lchamlari turlicha qiymatga ega bo’lishi va uning mehnat unumdorligi dinamikasiga ta‘sirini kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblanar edi. Izlanishning ikkinchi yo’nalishi korxona darajasida mehnat unumdorligi ko’rsatkichini hisoblab chiqarish tamoyillarini makro darajada qabul qilingan hisoblash bilan identifikatsiyalashga (ya‘ni, taxmin qilinayotgan dinamikani jonli va buyumlashgan mehnatning umumiy xarajatlarini tejash orqali ifodalashga) qaratilgan edi. Biroq qabul qilingan hisoblash usullari asosida sanoatning ko’pchilik tarmoqlarida o’tkazilgan keng ko’lamdagi tajribalar bunday yondashuv muhim afzalliklarga ega ekanligini ko’rsatmadi. Xo’jalik yuritishning bozor tuzilishiga o’tilishi munosabati bilan milliy hisob varaqlar tizimi joriy etildi. Ana shu tizim asosida yalpi ichki mahsulot hajmlarining ko’rsatkichlari butun iqtisodiyot bo’yicha hamda uning barcha tarmoqlari, shu jumladan, no moddiy soha bo’yicha ham hisoblab chiqariladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish hajmlaridan ichki iste‘molni ajratib chiqarish va ko’rsatkichlarni yiriklashtirgan vaqtda takroran hisoblashni kamaytirish imkonini berdi. Xorij tajribasi asosida makro darajada tovarlarning qat‘iy belgilangan to’plami bo’yicha mahsulotning tabiiy o’lchamlari asosida uningfizik hajmi indeksi hisoblab chiqarilib, shundan keyin umumiy sanoat indeksiga birlashtiriladi. Bunda ulgurji narxlar hamda mahsulot fizik hajmining indekslari tanlab olingan turli umumiy hajm va tuzilish bo’yicha faqat mintaqalar, tarmoqlar va butun sanoat darajasidagina aniqlanadi, lekin ulardan korxonada tezkor boshqaruv chog’ida foydalanish mumkin bo’lmaydi. Buning oqibatida korxona darajasida mehnat natijalarini baholash yaxshilanish u yoqdatursin, balki yomonlashadi, chunki qiyosiy narxlar yo’qligi tufayli mehnat natijalari dinamikasining xarakteristikasi yo’qotilgan edi. Shu bilan bir qatorda, iqtisodiyotda mahsulot hajmi va mehnat unumdorligining ko’rsatkich darajalari jamlanmaydi. Islohotdan oldingi amaliyot bilan taqqoslaganda, korxona faoliyatida iqtisodiy erkinlik kengayganligi munosabati bilan mehnat sarflarini hisobga olish muammosi juda keskinlashdi. Mazkur muammoni statistika organlari uzoq vaqt mobaynida hal qilmadilar. Bu esa, mahsulot hajmlari va mehnat sarflarini hisoblash usullarida farqlar bo’lishiga olib keldi. Bunday holat mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarini hisoblash imkonini bermadi. Shunday qilib, mehnat unumdorligini o’lchashga qabul qilingan xisoblash tizimi bilan muvofiqlashtirilgan, hamma tomondan e‘tirof etilgan yondashuvlar hozirga qadar ishlab chiqilmagan. Sobiq Ittifoq statistikasi va iqtisodiyot amaliyotida ish unumi va mehnat sig’imi mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari bo’lib xizmat qilar edi. Ular birbiri bilan proporsional mutanosiblikda o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagi formula bilan ifodalagan:
Download 51.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling