Korxonalarda menejmentning maqsadi va vazifalari Reja: Kirish


Iqtisodiyotnimodernizatsiyaqilishsharoitidaxizmatko’rsatishkorxonalarimoliyasinisamaralitashkiletishmexanizminitakomillashtirish


Download 1.07 Mb.
bet7/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1152944
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«korxona iqtisodiyoti va menejmenti» fanidan Kurs ishi Mavzu «I

2.3. Iqtisodiyotnimodernizatsiyaqilishsharoitidaxizmatko’rsatishkorxonalarimoliyasinisamaralitashkiletishmexanizminitakomillashtirish
yo’llari

Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasini samarali tashkil etishning amaliy ahamiyati xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligini oshirishga oid me’yoriy hujjatlarni takomllashtirishda, uni oshirish bo’yicha ichki imkoniyatlarni axtarib topish borasida zarur chora-tadbirlarni belgilashda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish mumkinligi bilan baholanadi.


Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridagi bugungi holat bilan yaqindan tanishish, tizim faoliyatining moliyaviy samaradorligini oshirishga halaqit berayotgan kamchiliklarga oqilona yechim topish, jamoatchilik bilan hamkorlikda sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish dolzarb masala ekanligi e’tiborli holatdir.

Ma’lumki, 2006-yilda yangi taxrirda kabul qilingan “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, ko’p qavatli uylardagi xonadon egalarining umumiy ulushli mulkdagi o’z hissasiga muvofiq uning saqlanishi bo’yicha harajatlarda qatnashishi, turar-joy va noturar-joy mulkdorlari tomonidan umumiy mol-mulkdan foydalanish, uni birgalikda boshkarish va ta’mirlash soxdsidagi munosabatlar tartibga solingan edi.


Magistrlik dissertatsiya ishimizda keltirib o’tilgan ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, respublikamizda ayni paytda 29391 ta ko’p qavatli uylar mavjud bo’lib, ularga 4753 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko’rsatmoqda. Tabiiyki, bu uylarning kariyb uchdan bir qismi poytaxtda joylashgan va ularga xizmat ko’rsatish uchun 2375 ta shirkat faoliyat olib bormoqda. Lekin ana shunday natijalarga qaramay, ayrim shirkatlarning moliyaviy holati talab darajasida emasligi e’tiborga molik.
Hozirgi kunda, respublikamizda shirkatlarga tegishli uylar atrofidagi yer maydonlari haligacha tuman yoki shahar hokimlari qarori bilan shirkatlar ixtiyoriga o’tkazilmagan. Vaholanki, qonunning 35-moddasida aynan ana shu talab aniq belgilab ko’yilgan.
Mavjud ahvolni o’nglash uchun mutasaddi idoralar qanday chora-tadbirlar ko’rmokdalar? Ularning samarali faoliyat olib borishlariga xalaqit qilayotgan omillar nimalardan iborat? Balki amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarga o’zgartirish hamda ko’shimchalar kiritish zarurdir?
Amaldagi qonundan uy-joy mulkorlari shirkati uyushmaga ixtiyoriy ravishda ko’shiladi, degan jumla chikarib tashlanishi maqsadga muvofikdir.
Agar uyushma uy-joy mulkdorlari manfaatini ximoya kila olsa va ularga yordam ko’rsatish yuzasidan e’tiborga molik ishlarni amalga oshirsa, shirkatlar o’zo’zidan uyushmaga a’zo bo’lishlari mumkin. Mabodo kaysidir shirkat mazkur tuzilmaga ko’shilishni istamayotgan ekan, buning sabablarini uyushma faoliyatidagi kamchiliklardan axtarish lozim.
Uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga hamda moliyaviy xo’jalik faoliyatiga buxgalteriya sohasida ko’p yillar mehnat faoliyatini olib brogan, katta xayotiy tajribaga ega bo’lgan va aholi hurmatiga sazovor bo’lgan insonlarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq ekanini ham ta’kidlash mumkin. Biroq bunday kishilar pensiya yoshida bo’lib, ularga nafaka pulidan ajralmagan hodda oylik maoshi olish imkoniyati yaratib berilsa, shaxsiy manfaatini ko’zlaydigan ayrim “uchar”larning shirkatlarga rahbar bo’lib qolishi va umumiy mol-mulkni talon-taroj qilish holatlari o’z-o’zidan barkam topishi aniq.
Albatta, davlat va jamoat ishlarida uzok yillar halol mehnat kilib, nafaqaga chikkan kishilarni to’lik oylik maoshi to’lash sharti bilan shirkat raisligiga hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini boshqarishga tavsiya etish masalasining yuqorida keltirib o’tilgan qonunga alokasi yo’q. Lekin uning dolzarb ekanini inobatga olgan holda bu muammoni boshka konunlarni qayta ko’rib chiqish orqali hal etish lozimligini kun tartibiga qo’yilishi muhim sanaladi.
Shunday ekan, ko’p qavatli uy-joylarda istiqomad qiluvchi aholiga xizmat ko’rsatuvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moliyaviy faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish va xukuqiy munosabatlarni tartibni solishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish maksadida “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to’g’risida”gi qonunni yanada takomillashtirish lozim, degan to’xtamga kelish ushbu faoliyat samaradorligiga katta turtki berishi aniq.





Xulosa


Bugungi kunda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va aholining bandlik masalasini hal qilish kabi muhim tadbirlaridan biri xizmat ko’rsatish va servis sohasi muhim o’rin egallaydi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling