Biznes – reja investistion loyihaning barcha manfaatdor ishtirokchilari: bo‘lajak sarmoyadorlar va
kreditorlar, ekspertlar, mahalliy ma’muriyatga va h.k ishga doir axborotlarni yetkazib berish uchun
mo‘ljallangan. Biznes – rejani hujjat sifatida tushunish ham unda mavjud bo‘lgan axborotlarning aniqligi bilan
bog‘liq, bu ma’sul shaxslarning tegishli yozuvi bilan tasdiqlanadi. Hammadan avval biznes – rejadan yangi
mahsulotni yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish yoki texnik qayta jihozlash yoki amaldagi ishlab
chiqarishni qayta qurish asosida uni ishlab chiqarishni ko‘paytirish vositasida ishlab chiqarishni amalga
oshirish uchun moliyalashtirishning tashqi manbalarini safarbar qilish bilan bog‘liq uzoq muddatli investistion
qarorlarni asoslash uchun foydalaniladi.
Investistion loyihaning biznes-rejasi quyidagi taxminiy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak:
·titul varag‘i;
·kirish qismi (rezyume);
·korxona kirgan soha holatining obzori;
·ishlab chiqarish rejasi (mahsulot, xizmatlar va boshqalar);
·bozorning tahlili va marketing rejasi;
·tashkiliy reja;
·xatarni baholash va investistiyalarni sug‘urtalash;
·moliyaviy reja;
·moliyalashtirishning strategiyasi;
·loyihani amalga oshirishini borishida amalga oshirilgan xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini
baholanishi;
·ilova.
Moliyaviy reja biznes – rejaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘ladi. Uni ishlab chiqishga ayniqsa sinchiklab yondashish kerak, chunki u sarmoyadorni qiziqtirayotgan asosiy savolga: investistiya qilinayotgan
sarmoyani qaytarish qachon va qanday shakllarda amalga oshiriladi? – javob qaytarishga yordam beradi.
Investistion faoliyatni moliyalashtirishga yo‘naltirilayotgan shaxsiy mablag‘lar quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
·invaestistion loyihalarni amalga oshirishning boshida korxonaning banklardagi schetlarida bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘lari;
·investistion loyihalarni amalga oshirish jarayonida qayta investistiya qilinadigan sof foyda va amortizastiya shaklidagi daromadning bir qismi;
·korxonaning uni ishlab chiqarishini qaytadan tashkil qilishdagi ortiqcha va ishdan chiqqan mulklar va
amortizastiya qilinmagan asosiy vositalarni sotishdan pul mablag‘lari;
·korxona akstiyalarining qo‘shimcha emissiyasi (bosib chiqarilishi)dan olingan mablag‘lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |