Korxonalarni boshqarishda iqtisodiy axborotlar tizimi va


Download 423.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi423.76 Kb.
#1031032
1   2   3   4
Bog'liq
korxonalarni-boshqarishda-iqtisodiy-axborotlar-tizimi-va-iqtisodiy-axborotlar-xavfsizligini-ta-minlashda-biometrik-usullardan-foydalanish

2022 
№ 3
213 
TADQIQOT NATIJALARI 
Hozirgi vaqtga kelib, kompyuter-kommunikatsiya texnologiyalari kundan-kunga tez 
rivojlanib bormoqda. XXI asrga kelib kompyuter texnologiyalari kirib bormagan sohaning o’zi 
qolmadi, desak xato bo’lmaydi. Ayniqsa ta’lim, bank, moliya tizimlarida va zamonaviy 
korxonalarni boshqarishda ushbu zamonaviy texnologiyalarni qo’llash yuqori samara bermoqda. 
SHu bilan birga axborot havfsizligiga bo’lgan tahdid ham tobora kuchayib borayotgani va hozirgi 
davrning eng dolzarb muammolardan biri axborot havfsizligini ta’minlash ekanligi hech kimga sir 
emas. 
Tizimga ruxsatsiz kirishni taqiqlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida «parol» qo’yish 
usuli hisoblanib kelmoqda. CHunki ushbu usul juda sodda, foydalanish uchun qulay va kam 
harajat talab etadi. Lekin bu usul ham axborot xavfsizligini ta’minlashda to’laqonli o’zini oqlay 
olmayapti. Ushbu usul bir qator kamchiliklarga ega. 
Birinchidan, ko’pchilik foydalanuvchilar sodda va tez esga tushadigan parollarni 
qo’llaydilar. Masalan, foydalanuvchi o’z shaxsiga oid sanalar, nomlardan kelib chiqqan 
holda parol qo’yadilar. Bunday parollarni buzish esa, foydalanuvchi bilan 
tanish bo’lgan ixtiyoriy shaxs uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. 
Ikkinchidan, foydalanuvchi parolni kiritishi jarayonida, kuzatish orqali ham kiritilayotgan 
belgilarni ilg’ab olish mumkin. 
Uchinchidan, agar foydalanuvchi parol qo’yishda murakkab, uzundan-uzoq belgilardan 
foydalanadigan bo’lsa, uning o’zi ham ushbu parolni esidan chiqarib 
qo’yishi extimoldan holi emas. Hozirda ixtiyoriy parollarni buzuvchi dasturlarning paydo 
bo’lishi parol orqaliy himoyalash usuli axborotlarni to’laqonli xavfsiz deyishga imkon bermayapti. 
SHu sababli ham hozirda axborotlardan ruxsatsiz foydalanishni cheklashning biometrik 
usullarini qo’llash dunyo bo’yicha ommaviylashib bormoqda va ushbu yo’nalish biometriya nomi 
bilan yuritilmoqda. 
MUHOKAMA 
Biometriya – bu insonning o’zgarmaydigan biologik belgilariga asosan aynan 
o’xshashlikka tekshirishdir (identifikatsiya). Hozirda biometrik tizimlar eng ishonchli himoya 
vositasi hisoblanadi va turli xil maxfiy ob’ektlarda, muhim tijorat 
axborotlarini himoyalashda samarali qo’llanilmoqda. 
Hozirda biometrik texnologiyalar insonning quyidagi o’zgarmas biologik belgilariga 
asoslangan: barmoqning papillyar chiziqlari, qo’l kaftining tuzilishi, ko’zning kamalak qobig’i 
chiziqlari, ovoz parametrlari, yuz tuzilishi, yuz termogrammasi (qon tomirlarining joylashishi), 
yozish formasi va usuli, genetik kodi fragmentlari. Insonning ushbu biologik belgilaridan 
foydalanish turli xil aniqliklarga erishishga imkon beradi. Biz ushbu maqolada hozirda keng 
qo’llanilayotgan barmoq izlari va qo’l kaftining tuzilishi bo’yicha insonni tanish masalalariga 
to’xtalib o’tishni lozim topdik. 
Barmoq izlari buyicha insonni idetifikatsiyalash hozirda eng keng tarqalgan usul bo’lib, 
axborotni himoyalash biometrik tizimlarida keng qo’llanilmoqda. Bu usul o’tgan asrlarda ham 
keng qo’llanilganligi xech kimga yangilik emas. Hozirgi kunga kelib barmoq izlari bo’yicha 
identifikatsiyalashning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Ularning birinchisi ko’pchilikka 
ma’lum optik skanerlardan foydalanishdir. Ushbu qurilmadan foydalanish printsipi odatiy 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Download 423.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling