Tijorat siri va ichki tahlil
Download 81.5 Kb.
|
tijorat siri va ichki tahlil (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Korxona xavfsizligini ta`minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.
TIJORAT SIRI VA ICHKI TAHLIL REJA: Korxona xavfsizligini ta`minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari Korxona xavfsizligini ta`minlashni tashkil qilish va boshqarish Korxonaning xavfsizlik xizmati, uning tuzilishi va vazifalari Korxonaning tijorat sirlari. 1. Korxona xavfsizligini ta`minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko`pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi va ko`rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni uchratsakda, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo`q. Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma`lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo`limlaridan biri hisoblanadi. Korxona xavfsizligini ta`minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: korxona va uning barcha bo`linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o`zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini himoya qilish; korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish; tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo`lishga yo`l qo`ymaslik; barcha tuzilmaviy bo`g’inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini mustahkamlash; mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma`naviy manfaatdorligini ta`minlash; ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot bazasini rivojlantirish; korxona obro`sini oshirish. Ko`rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini ta`minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib-qoidalari va ish tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda o`z aksini topishi mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv tuzilmasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni aniqlash; Korxonaning barqaror ishlashiga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan xavf-xatar hamda bozor kon`yunkturasidagi noqulay o`zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni qo`llash; Bo`lajak hamkorlarni o`rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va baholash; Iqtisodiy ayg’oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash; Korxona sirlaridan xabardor bo`lgan malakali xodimlarni boshqa korxonalarga jalb qilishning oldini olish; Nosog’lom raqobatchilikni engish; Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish; Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish; Mehnat jamoasi a`zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash; Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari. Ma`lumki, ko`rsatilgan maqsad va vazifalar o`z-o`zidan avtomatik ravishda hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o`z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va yuqori malakaga ega bo`lgan hamda o`zlari ishlayotgan korxona uchun “jon kuydiruvchi”kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib bo`lmaydi. Xavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta`minlash taktika va strategiyasiga bo`lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to`g’ri yo`llarini tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: qonuniylik tamoyillari; mustaqillik va mas`uliyat; iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik; maqsadli-dasturiy rejalashtirish; * o`zaro aloqalar va muvofiqlashtirish; * mehnatni ilmiy tashkil qilish. oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg’unligi * ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling