Tijorat siri va ichki tahlil


Korxona xavfsizligini ta`minlashni tashkil qilish va boshqarish


Download 81.5 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1375557
1   2   3   4
Bog'liq
tijorat siri va ichki tahlil (2)

2. Korxona xavfsizligini ta`minlashni tashkil qilish va boshqarish.
Xavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida, har bir alohida holatdagi aniq harakat bo`lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, ahamiyati va hokazolarga bog’liq bo`ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o`zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik kontseptsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur. Xavfsizlik kontseptsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan tashqi muhit ta`sirini inobatga olishi zarur.
Shu bilan bir vaqtda korxona o`z faoliyatining muhim yo`nalishlari xavfsizligini ta`minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo`riqlash tartibini yaratish lozim.
Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko`rsatadi:

  1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog’i qurilma va uskunalarini qo`riqlash tartibini ta`minlash.

  2. Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo`lgan vakolatni boshqarish, kelib ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta`minlash.

  3. Xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha ma`muriy faoliyat - personalni tayyorlash va o`qitish, inspeksiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

  4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash - yong’inlarning oldini olish, yong’in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazolar. Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni ta`minlash natijalari to`g’risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollardagina xavfsizlik chora-tadbirlari maxfiy bo`lishi mumkin. Xavfsizlik choratadbirlarining maxfiyligi korxona bo`limlarini zaruriy qoidalarni qo`llash va ularga amal qilishini nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko`zda tutadi. Hozirgi jamiyatning axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalarning xavfsizligini ta`minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko`rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta`minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. Shu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menedjment xizmati, valuta, kredit va huquqiy bo`limlar kabi iqtisodiy bo`linmalar bilan chambarchas bog’liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka ko`proq yondashgan holda ularning foliyatini to`ldirishi zarur.


Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling